Michigan shtatida gilos yetishtiruvchi fermerlar katta muammolarga duch kelmoqda. Bu yil ob-havoning sovuq kelishi sababli hosilning katta qismi nobud bo‘ldi. Ba’zi bog‘larda gilos deyarli hosil bermagan, daraxtlarda faqat barg qolgan.
Mutaxassislarning aytishicha, hosil o‘tgan yilga qaraganda 40 foizdan ko‘proq kamayadi. Shimoliy hududlarda bu ko‘rsatkich yanada yuqori — 70 foizga yetishi mumkin. Bu esa ko‘plab fermerlarning daromadini keskin kamaytiradi.
Fermerlar siyosiy qarorlar ham ularga salbiy ta’sir qilayotganini aytishmoqda. Savdo cheklovlari tufayli chet el bozorida amerikalik gilosga talab kamaygan. Natijada fermerlar mahsulotini yaxshi narxda sota olmayapti.
Yana bir muammo — ishchi kuchi. Gilos yig‘im-terimi uchun odatda xorijdan mavsumiy ishchilar keladi. Ammo bu yil ularning hujjatlari kechikib, ko‘plab bog‘lar ishchi yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Shu sabab ayrim fermerlar hosilni yig‘ib olishga ulgurmay, yo‘qotib qo‘ydi.
Fermerlar tirikchilikni saqlab qolish uchun yangi yo‘llar qidirmoqda. Masalan, ba’zi bog‘lar mehmonlarni taklif qilib, ularga gilos terish imkoniyatini berishmoqda. Shuningdek, olimlar yangi, kasallikka chidamli navlarni yaratishga harakat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar