22:39 / 14.12.2016
7 377

Bugun noyob super oy hodisasi ro‘y beradi, energetik quvvatga to‘lishga tayyor bo‘ling!

Bugun noyob super oy hodisasi ro‘y beradi, energetik quvvatga to‘lishga tayyor bo‘ling!

Bugun 2016 yilning 14 dekabr kuni sovuq qish osmonini super to‘lin oy egallaydi, u nafaqat nur taratadi, balki o‘zi bilan kuchli energetik quvvat oqimini olib keladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Super oy barcha boshlagan ishlarimizning muvaffaqiyatli yakun topishida bizga katta yordam beradi. U hayotimizni toza sahifadan boshlashga, yangi loyihalarni, rejalarni amalga oshirishimizda, yangi uyga yoki boshqa shaharga ko‘chib o‘tishimizda bizga ko‘makdosh bo‘ladi.

Uning energetik quvvati bizni eski qarzlardan, qiyinchiliklardan qutqaradi. Biomaydonimiz Super oyning kuvvati bilan to‘lib-toshadi. Ilgari o‘zida ektrasenslik qiobiliyatini sezmagan odamlar ham bugun tabiatning bunday hadyasidan unumli foydalanib, oilasi, uyi, ishi uchun omad chaqirishi mumkin.

To‘lin oy kechasida bizni koinot bilan ajratib turuvchi organizmimizning barcha tizimi, shu bilan birga ichki kechinmalarimiz ham ochilib, faollashadi. Shuning uchun barcha tashqi omillar ob-havo, voqealar, boshqa insonlarning so‘zlari bizga kuchliroq ta’sir etadi. Bugun his-tuyg‘ularni boshqarish biroz qiyin kechadi, arzimagan narsaga ko‘z yosh yoki ilgari aytishga jur’at etmagan odamingizga sevgi izhor qilish osonroq kechadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bugun noyob super oy hodisasi ro‘y beradi, energetik quvvatga to‘lishga tayyor bo‘ling!