Mazkur test fe’lingizning eng kuchli jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Qarshingizda oddiy geometrik shakllar – uchburchak, doira va kvadratdan tashkil topgan 8 xil odam rasmlari. Ular orasidan o‘zingizga yoqqanini tanlang va kuchli jihatlaringiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘ling!
Natijalar:
1. Boshqaruvchi
Birinchi raqamdagi shaklni tanlagan insonlarda boshqaruvchilik va tashkilotchilik qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. Ular notiqlik borasida ham kuchli sanaladilar. Turli davralarga tez kirishuvchan va ko‘p masalalarda boshqalardan ustunliklarini namoyon etishga usta bo‘lishadi.
2. Mas’uliyatli
Ko‘p vaziyatlarda boshqaruvchilik qobiliyatlari sezilib tursa ham, ko‘pincha tezkor qaror qabul qilishda ikkilanishlari pand berib qoladi. Bunday fe’l-atvorli insonlar o‘z ishining ustasi bo‘lishadi va har qanday vazifaga mas’uliyat bilan yondashishadi. O‘zlariga va atrofdagilarga o‘ta talabchan, haddan tashqari jonkuyar ekanliklari tufayli odatda asab kasalliklardan aziyat chekishadi.
3. Xavotirga beriluvchan
Ushbu rasmni tanlagan insonlar mayda qo‘l mehnati faoliyatidan tortib, adabiyotgacha bo‘lgan xilma-xil sohalarda iste’dodlarini namoyon eta oladilar. Odatda umr davomida birgina sohada ishlab o‘tish bunday insonlar uchun o‘ta zerikarli tuyulishi mumkin, kasblarni butunlay qarama-qarshi faoliyat turiga to‘satdan almashtirib yuborsalar ajablanmasangiz ham bo‘ladi. Tartibsizlikni aslo ko‘tarolmasliklari tufayli boshqalar bilan ko‘p tortishishlari mumkin. Tez xafa bo‘ladilar va o‘zlariga nisbatan ishonchsizliklari tufayli tasalliga ehtiyoj sezadilar.
4. Olimlar
Etti o‘lchab bir kesish bunday insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri. Ular ruhiy jihatdan ham ancha bosiq insonlar toifasiga mansub bo‘lishadi. Bunday insonlar odatda san’atning kino, sirk, teatr rejissurasi, multiplikatorlik kabi turlarida muvafaqqiyatga erishadilar.
5. Ichki sezgiga tayanuvchi insonlar
Ular tez asabiylashishlarga qaramay bir vazifadan boshqasiga oson o‘ta oladilar va yangilikka o‘ch bo‘lishadi. Boshqalar manfaatini o‘z ehtiyojlaridan ustun qo‘yishga moyilliklari bor. Har qanday vaziyatda ham boshqalarga qo‘pollik qilishmaydi va o‘zlariga nisbatan baland ohangda gapirishlarini hazm qilolmaydilar.
6. Ixtirochi, konstruktor, rassom...
Texnik, tasviriy va aqliy faoliyat turlarida muvaffaqqiyatga erisha oladilar. Tashqi ta’sirlarga berilmay, o‘z qoidalarida sobit turish ular uchun juda muhim. Hissiyotga beriluvchan va o‘zlarining qobiqlariga o‘ralib hayot kechirishga moyil bo‘lishadi.
7. Ko‘ngilchan
Hatto filmdagi noxush sahnalarni tomosha qilgach, ancha muddat o‘zlariga kelolmay yuradilar. O‘zgalarning qiyinchiliklarga sherik bo‘lib, muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llarni izlashga doim tayyor. Oxir-oqibat o‘z muammolariga vaqt ajrata olishmaydi.
8. O‘zgalar dardiga befarq
O‘zgalar tashvishiga sherik bo‘lish tuyg‘usi ularga begona, ko‘pincha boshqalarga befarq munosabatda. Ishxonada kuchli mutaxassis bo‘lishsa, o‘zlari to‘g‘ri deb hisoblagan narsanigina bajarishlari yoki bajartirishlari aniq.
Saodat tayyorladi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi