Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning qishloqdagi uyiga o‘g‘rilikka urinish bo‘ldi

Dunyo1 daqiqa o'qish0
Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning qishloqdagi uyiga o‘g‘rilikka urinish bo‘ldi

Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middltonning Norfolk grafligidagi qishloq qarorgohida o‘g‘rilik sodir etishga urinish bo‘lgan. Hodisadan so‘ng politsiya ikki nafar erkakni qo‘lga oldi. Voqea paytida qirollik oilasi a’zolari uyda bo‘lmagan. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Gap qirollik oilasiga tegishli Sandringem mulki hududida joylashgan Anmer-holl (Anmer Hall) qarorgohi haqida bormoqda. Norfolk politsiyasi 23 noyabr kuni kechqurun soat 18:00 ga yaqin manzilda shubhali faollik kuzatilgani haqida xabar olgan.

Shundan so‘ng hududda qidiruv ishlari boshlangan. Unda politsiya xizmat itlari, dronlar va Milliy politsiya aviatsiya xizmati vertolyotidan foydalanilgan. Natijada mulk hududida ikki nafar erkak o‘g‘rilik va ruxsatsiz kirish gumoni bilan qo‘lga olingan. Ular hozirda politsiya tomonidan ushlab turilmoqda. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda qarorgoh bo‘sh bo‘lgan. Uilyam va Keyt uch farzandi — Jorj, Sharlotta va Lui bilan Vindzordagi boshqa qarorgohida bo‘lgani xabar qilindi. Kensington saroyi xavfsizlik masalalari yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, Anmer-holl 10 ta yotoqxonaga ega qishloq qarorgohi bo‘lib, marhum qirolicha Yelizaveta II tomonidan 2011 yilda Uilyam va Keytga to‘y sovg‘asi sifatida berilgan. Oila ushbu uydan dam olish kunlari va ta’til paytida foydalanadi. Qarorgoh hududida xususiy basseyn va tennis maydonchasi ham bor.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?