Samarqandda kelinini traktorda olib ketmoqchi bo‘lgan kuyovning korteji jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida noodatiy to‘y korteji yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari e’tiborini tortdi. Kelinni olib ketish uchun avtomobillar o‘rniga “Belarus” rusumli traktorlardan iborat kortej tashkil qilgan kuyovning to‘y sayri kutilganidek yakunlanmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda mahalla ko‘chalari bo‘ylab bir nechta traktor guruh bo‘lib harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Odatda to‘ylarda yengil avtomobillardan iborat kortej kuzatilsa, bu safar kuyov noodatiy transport vositalarini tanlagan.
Biroq mazkur kortej yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Samarqand viloyati IIB JXX YHXB ma’lumotiga ko‘ra, traktor haydovchilari to‘y korteji tarkibida guruh-guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan.
Natijada traktorlar jarima maydonchasiga joylashtirilgan, haydovchilarga nisbatan esa ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bunday holatlar harakat ishtirokchilari xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi. To‘y yoki boshqa tantanali tadbirlar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik uchun asos bo‘la olmaydi.
Shu tariqa, kelin olib kelish uchun tashkil etilgan noodatiy traktorlar korteji manziliga yetib bormasdan YPX xodimlari tomonidan to‘xtatildi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…