17:55 / 26.12.2016
9 692

Yangi yilda sevimli rafiqangizga nima sovg‘a qilmoqchisiz?

Yangi yilda sevimli rafiqangizga nima sovg‘a qilmoqchisiz?

Sevimli rafiqangiz archa yonidan qanday sovg‘a topib olishi uning yil davomida bo‘lmasa-da, Yangi yil bayrami kunlaridagi kayfiyatiga albatta ta’sir qiladi. Bu unga sovg‘a xarid qilib, uni yanada baxtliroq qilish uchun yaxshi sabab!

Ayollar uchun sovg‘a tanlash unchalik ham qiyin ish emas. Axir ayollarning ko‘pchiligi Qorbobodan nima olishni istashini oldindan bildirishga harakat qiladi.

Agar rafiqangiz eski fen yaxshi quritmay qolganligi yoki soch uchun dazmol yaxshi tekislamay qo‘yganligidan shikoyat qilayotgan bo‘lsa, unda sovg‘a uchun texnikalar do‘koniga yo‘l olishni tavsiya etamiz. Yo‘l-yo‘lakay kosmetika do‘koniga kirib, ukladka uchun maxsus vosita ham xarid qilishingiz mumkin.

Ma’lumki, ayollarning eng yaxshi do‘sti — olmoslardir. Bu esa ularning yuragini zabt etish uchun eng qisqa yo‘l zargarlik do‘koni orqali ekanligini anglatadi. Agar olmos ko‘zli taqinchoqlarning narxi sizni cho‘chitib yuborsa, tilla taqinchoqlarga e’tiboringizni qaratishingiz mumkin. Kumush zirak va uzukdan iborat komplektni unchalik qimmat bo‘lmagan narxda sotib olishingiz mumkin.

Bijuteriyalarni xush ko‘ruvchi ayollarning turmush o‘rtog‘iga faqat havas qilish mumkin. Bunday taqinchoqlar o‘z narxi bilan ko‘zni quvontiradi.

Ayollarga zinhor taqinchoqlar uchun mo‘ljallangan bo‘sh qutichani xarid qila ko‘rmang. Chunki uni ocha turib, har qanday ayol unda uzuk yoki zirak ko‘rishni istaydi.

Agar unchalik qimmat bo‘lmagan, biroq foydali va yoqimli sovg‘a xarid qilmoqchi bo‘lsangiz rafiqangiz sumkasi yoki plashi rangiga mos avtomatik soyabon yoki teridan ishlangan bejirim hamyon, original suratli pasport jildi yoki ko‘p sonli plastik kartalar uchun g‘ilof tanlashingiz mumkin.

USB-fleshka ham har qanday qizni xursand qilishi mumkin. Faqat uning klassik varianti emas, ayollar uchun maxsus chiqarilgan — zargarlik buyumi kabi toshlar bilan bezatilgan variantini tanlang.

Ayolingizga Yangi yilda kundalik turmush yoki oshxona bilan bog‘liq sovg‘alar: idish, maishiy texnika, guldonlar, chiroq, kartina va devoriy soat xarid qilishni tavsiya etmaymiz. Oilaning boshqa a’zolari tomonidan ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlarni sovg‘alar ro‘yxatidan darhol o‘chirib tashlang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangi yilda sevimli rafiqangizga nima sovg‘a qilmoqchisiz?