12:15 / 29.12.2016
14 563

Yaqinlaringizni qutlashni unutmang! Sara tabriklar 10 ligi

Yaqinlaringizni qutlashni unutmang! Sara tabriklar 10 ligi

Bayram oqshomida Qadrdonlarimni qanday qutlasam ekan, degan savol sizni ham o‘ylantiradimi? Unday bo‘lsa, e’tiboringizga eng sara tabriklar 10 ligini taqdim etamiz. Ko‘ngilngizga yoqqanini tanlashingiz mumkin.

1. Soat millari 12 marta bong urguniga qadar 12 ta tilagingizni tilashga ulguring. Agar chin dildan ishonsangiz, ular 2017 yilda, albatta, ijobatini topadi.

2. Bilasizmi begim, Yangi yil kechasida hamma yomonliklarni eski yilda qoldirib, faqat yaxshiliklar bilan qarshilash odat tusiga kirgan. Mening esa eski yilda qoldirishga xech narsam yo‘q. Siz bilan yashab kelayotgan baxtli turmushimni Yangi yilga ham olib ketmoqdaman. Buning uchun sizga rahmat. Yangi yilingiz bilan azizim!

3. Qadrli onajonim! Doim bugungidek yuzingizda tabassum, qalbingizda quvonch porlab tursin. Kelgusi yilda ham men bilan faxrlanishingiz uchun tirishqoqlik bilan harakat qilaman. Kelayotgan yil xayotimizdani yaxshiliklarning boshlanishi bo‘lsin! Ardoqlovchi farzandingiz!

4. Aziz do‘stim hayotda eng muhimi dangasalik qilmaslikdir! Hozir men yuborgan «SMS»ni o‘qiyotgan ekansan, demak sen erinmay, telefoningni qo‘linga olib, bir nechta tugmalarni bosishga kuch topa olding. Barakalla! Yil davomida buni saqlab tur! Axir dangasalikni enggan odamlargina o‘z maqsadlariga erishadilar. Yangi yil muborak bo‘lsin!

5. Sizni tabriklab, barcha orzularingiz ushalishini tilab qolaman. Chunki orzusiga etishgan inson quvnoq, tetik va sog‘lom bo‘ladi. Yangi yilingiz bilan!

6. Ustoz, sizga kirib kelayotgan yilda mashaqqatli ishingizda muvaffaqiyatlar, siz tarbiya qilayotgan har bir bola yurtimiz kelajagiga hissa qo‘sha oladigan inson bo‘lib etishishini tilab qolaman.

7. Osmondan sen kabi go‘zal va mayin qor yog‘moqda, sevgilim. Agar bu qor parchalari kaftingga tushsa, bilginki men seni quchayapman, agar lablaringga tushsa senga bo‘sa hadya qilyapman, agar nafasingda erib ketayotgan bo‘lsa, men seni sevaman. Yangi yil muborak bo‘lsin!

8. Kelayotgan 365 kun o‘tgan hamma kunlardan yaxshi bo‘lsin. Yangi 12 oy umid va ishonch, har yangi daqiqa esa quvonch va shodliklar keltirsin. Har bir yangi soniya chin sevgi va samimiy do‘stlikka yo‘g‘irilishini tilayman.

9. Aytishlaricha, yangi yil kechasida ezgu tilaklar ijobat bo‘larkan. Men seni olamdagi eng baxtli ayol bo‘lishingni tiladim. Bu tilagim tez orada amalga oshishiga ishonchim komil. Yangi yiling bilan, azizam!

10. Hurmatli hamkasbim, sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlayman! Ushbu yil ham Yangi va omdli g‘oyalarga boy bo‘lsin. Ishonchingizga sazovor hamkasblar va adolatli etakchi inson bilan ishlaringiz yanada rivoj topishini tilab qolaman. Yaqinlaringiz, do‘stlaringiz sizga doim ko‘makdosh bo‘lishsin, har ishda qo‘llab-quvvatlashsin. Ishlaringizda doimo omad hamroh bo‘lsin!

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yaqinlaringizni qutlashni unutmang! Sara tabriklar 10 ligi