Guruchdan nafaqat garnir, balki asosiy taom ham, hatto desert ham tayyorlash mumkinligidan xabaringiz bormi? Guruchdan tayyorlanadigan mazali va noodatiy reseptlarni siz bilan bo‘lishishga qaror qildik.
Guruchli sharchalar
Zarur masalliqlar:
– 200 gramm guruch;
– 150 ml qaymoq;
– 100 gramm qattiq pishloq;
– bir bog‘ ko‘kat;
– 2 ta tuxum;
– un;
– suxari (bulab olish uchun).
Tayyorlanishi:
Qaymoqni isitib, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan aralashtiramiz. Uni pishloq erigunga qadar aralashtirish zarur. Shundan so‘ng qaynatilgan guruch va ko‘kat qo‘shiladi. Aralashmani yaxshilab presslab, to‘liq soviguncha sovitkichga qo‘yamiz. Keyin esa sharchalar yasaymiz. Ularni qovurishdan avval sharchalardan har birini birinchi unda, keyin tuxumda va oxirgi navbatda suxariga bulab olamiz. Tilla rang qobiq hosil bo‘lguncha hamma tomonini qovuramiz.
Yaponcha sarimsoqli guruch
Kerakli masalliqlar:
– 200 gramm guruch;
– 5 dona sarimsoq;
– 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i;
– 1 bog‘ yashil piyoz;
– 2 dona tuxum.
Tayyorlanishi:
Guruchni yarim tayyor bo‘lguncha qaynatib olamiz. Sarimsoqni to‘g‘rab, qovuramiz. Unga guruchni qo‘shib, birgalikda yana qovuramiz. Shundan keyin tuxum qo‘shib, aralashtiramiz. Yashil piyoz qo‘shib, yana 2 daqiqa qovuramiz, biroz suv qo‘shib, qopqog‘ini yopib qo‘yamiz. Yana 10 daqiqadan keyin taomimiz tayyor bo‘ladi.
Guruchli oladi
Zarur masalliqlar:
– 3 dona tuxum;
– 100—150 gramm qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq;
– 40—50 gramm un;
– bir bog‘ barra piyoz;
– 200 gramm guruch;
– qalampir;
– tuyilgan murch;
– tuz.
Tayyorlanishi:
Guruchni qaynatib, biroz sovushini kutamiz va uni chuqur idishga solamiz. Piyozni yuvib, halqa shaklida to‘g‘raymiz. Guruchga tuxum, un qo‘shib, sanchqi bilan yaxshilab aralashtiramiz. Tuz va ziravorlarni qo‘shib, pishloq va yashil piyozni solamiz. Tovada yog‘ni qizdirib, unga guruchli aralashmani qoshiq bilan joylaymiz (bitta oladi uchun 1—2 qoshiq). Oladilarni o‘rta olovda har ikkala tomonini 2—3 daqiqadan qovurish kerak. Ularni issiqligida, smetana bilan birga dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Internet manbalari asosida tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi