Bo‘lajak onalar ko‘pincha kechalari oyoq tomirlarining tortishishidan aziyat chekadilar. Buning sabablari va choralarini quyida sanab o‘tamiz.
1. Oyoq tomirlari tortishganda karavotga yoting-da, oyoqlarni asta buking va qo‘yib yuboring, toki og‘riq ketguncha mashqni asta-sekinlik bilan davom ettiring.
2. Agar shunda ham qolmasa, oyoqlarni uqalang, agar bu sizga noqulaylik tug‘dirsa, turmush o‘rtog‘ingizdan iltimos qiling.
3. Tomir tortishib turgan joyga dorixonalardan topish mumkin bo‘lgan xantalni namlab yopishtiring. Xantal oyoq mushaklarini qizdirib, tinchlantiradi.
4. Shuningdek, dorixonalarda sotiluvchi muzlatuvchi gel kremlardan harid qiling. Ammo avval yo‘riqnomasini yaxshilab o‘qib chiqing, agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tomir tortishayotgan joyga geldan surting, mushaklar tinchlanadi.
5. Ovqatlanish rasioningizga magniy va kaliyga boy mahsulotlarni: kartoshka, grechixa bo‘tqasi, tarvuz, shokolad, banan, o‘rik turshagi, mayiz va yong‘oqlarni kiriting.
6. Oyoq uchun uxlash oldidan kontrast vannalar qabul qiling. Ammo issiq va sovuq orasidagi farq 5 darajadan oshmasligi lozim. Suvga dengiz tuzlaridan solib yuborsangiz ular mushaklar bo‘shashishiga yordam beradi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi