12 245
Havaskor baliqchilarning qarmog‘iga akula ilinsa, ular qanday ahvolga tushadi? Tomosha qiling
Amerikalik Teylor Danovski Florida janubi-g‘arbida baliq ovlash davomida do‘sti tomondan olingan sakrayotgan akula videosini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Bu haqda "TJournal"ga asoslanib "Daryo" yozmoqda.
To‘rt kishi Indian-Roks-Bich shahridan 11 kilometr masofada baliq ovlayotgan edi. Shunda Teylorning qarmog‘iga mako akulasi ilindi. Yirtqichni ko‘rgan baliqchilar baland ovozda baqirib, do‘stidan qarmoqni mahkam tutishni so‘radi.
Shundan so‘ng akula havoda baland sakray boshladi. Bu esa baliqchilarga katta zavq bag‘ishladi.
Akula baliqchilar qayig‘i oldida 45 daqiqaga yaqin suzib borganligi ta’kidlanmoqda. Shundan so‘ng u qarmoq ipini uzib, suzib ketgan.
«Akulaga xo‘rak juda yoqib qolgan shekilli. Bu men ko‘rgan hodisalar ichida eng g‘aroyibidir», — deydi Danovskining do‘sti Kellen Keglor.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi