13:47 / 20.01.2017
7 478

Test: Muloqotga kirishuvchanmisiz?

Test: Muloqotga kirishuvchanmisiz?

Quyida berilgan 16 savolga “Ha”, “Yo‘q”, “Ba’zan” deb javob deb javob bering.
  1. Sizni ishingiz yuzasidan rasmiy uchrashuv kutmoqda. Bu uchrashuvni betoqatlik bilan kutasizmi?
  2. Sizni biror kasallik holdan toydirmaguncha, shifokorning qabuliga borishni ortga suravermaysizmi?
  3. Sizni biror mavzudagi axborot bilan yig‘ilish, majlis va shunga o‘xshash tadbirda ma’ruza bilan chiqish topshirig‘i xavotirga soladimi?
  4. Sizga ilgari bormagan shahringizga safarga borib kelishni taklif etishdi. Bu safarga bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi?
  5. O‘zingizdagi hissiy kechinmalar bilan kimlar bilandir o‘rtoqlashishni yaxshi ko‘rasizmi?
  6. Ko‘chada sizga notanish odam biror iltimos bilan murojaat qilsa, sizning g‘ashingiz keladimi?
  7. Siz “Otalar va bolalar” muammosi borligi va turli avlod vakillarining bir-birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi?
  8. Tanishingizga sizdan olgan qarzini eslatishga uyalasizmi?
  9. Oshxona yoki restoranda sizga yoqmaydigan taom berishdi, idishni chetga surib, achchig‘ingiz kelganini yashira olasizmi?
  10. Begona odam bilan yolg‘iz qolganingizda u birinchi bo‘lib gap boshlasa, sizga javob qaytarish malol keladimi?
  11. Siz turli erlarda odamlarning uzun navbatda turishganini ko‘rsangiz, toqatingiz toq bo‘ladimi? Navbatda turib kutishdan ko‘ra niyatingizdan voz kechishni afzal ko‘rasizmi?
  12. Biror janjalli vaziyatni muhokama qilish kerak bo‘lgan yig‘ilish a’zosi bo‘lishdan qo‘rqasizmi?
  13. Sizda biror adabiyot, san’at va madaniyat asarlarini baholashning sof individual mezonlari bor va bu borada boshqalarning fikrini qabul qilmaysiz, shundaymi?
  14. Sizga juda tanish bo‘lgan masala bo‘yicha boshqalarning noto‘g‘ri fikrlarini tasodifan eshitib qolsangiz, indamay qo‘ya qolasizmi?
  15. U yoki bu masalada yordam berishingizni so‘rashsa, siz bundan og‘rinasizmi?
  16. O‘z nuqtai nazaringizni og‘zaki bayon etgandan ko‘ra yozma ravishda javob qaytarishni ma’qul ko‘rasizmi?

Endi savollar yuzasidan bergan javoblaringiz asosida to‘plagan ballaringizni hisoblab chiqing va o‘zingiz haqingizda bilib oling.

“Ha” – 2 ball;

“Ba’zan” – 1 ball;

“Yo‘q” – 0.

14-18 ball. Sizning muloqotga kirishuvchanligingiz o‘rtacha. Ko‘p narsaga qiziqasiz, atrofingizdagilarni bajonidil tinglaysiz, o‘zgalar fikriga sabr-toqatlisiz, fikringizni bosiqlik bilan bayon etasiz. Begonalar bilan uchrashuvga borish siz uchun unchalik noxush emas, lekin shovqin-suronli davrani, sergap odamlarni yoqtirmaysiz.

9-13 ball. Siz muloqotga kirishuvchansiz. Qiziquvchan, sergap, turli masalalarda o‘zgalar bilan gaplashishni yaxshi ko‘rasiz. Yangi odamlar bilan tanishish, davraning diqqat- markazida bo‘lishni yoqtirasiz. O‘zgalarning iltimoslarini bajarmasangiz ham qabul qilaverasiz. Achchig‘ingiz burningizni uchida turadi, lekin tez yonib, darrov o‘chasiz. Sizga ba’zan sabr-toqat, qiyinchiliklar bilan to‘qnashganda iroda etishmaydi. Lekin astoydil xohlasangiz, o‘zingizni yon bermaslikka ko‘ndirishingiz mumkin.

4-8 ball. Sizning muloqot malakangiz yomon emas, siz doim barcha ishlarning guvohi bulib yurasiz. Munozaralarda qatnashishni yaxshi ko‘rasiz, biror masala yuzasidan yuzaki tasavvurga ega bo‘lsangiz ham, o‘z fikringizni aytishni xohlaysiz. Ayrim holllarda boshlagan ishingizni oxiriga olib bora olmasangiz ham yana yangi ishni boshlashdan cho‘chimaysiz. Shuning uchun ham rahbaringiz va kasbdoshlaringiz sizdan xavotirda bo‘lishadi. Bu “fazilat”ingiz haqida jiddiy o‘ylab ko‘rib, kamchiliklaringizni to‘g‘irlashga harakat qiling.

3 va undan kam ball. Sizning kommunikativ malakalaringiz yaxshi emas. Sergapsiz, har narsaga aralashaverasiz. O‘zingiz umuman bexabar bo‘lgan narsalar xususida ham fikr yuritaverasiz. Ixtiyorsiz tarzda turli ziddiyatlar va janjallarning ishtirokchisiga aylanib qolasiz. Jizzaki, salga xafa bo‘ladigan odatingiz bor, shuning uchun odamlar siz bilan unchalik ham chiqisha olmaydilar. O‘zingizni tutish, sabr-toqatli bo‘lish uchun odamlarga hurmat bilan qarashga o‘rganing. Qolaversa, o‘z sog‘ligingiz haqida qayg‘uring, chunki bunday hayot tarzi izsiz bo‘lmaydi, asablaringiz charchab qolishi mumkin.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Test: Muloqotga kirishuvchanmisiz?