19:04 / 24.01.2017
7 623

Fransuzcha nonushta — shokoladli kruassan

Fransuzcha nonushta — shokoladli kruassan

Kruassan va qahva haqiqiy fransuzcha nonushta hisoblanadi. U qatlama yoki oshirilgan xamirdan tayyorlanadi. Kruassan rogalik shaklida o‘raladi va yarim oy shaklida bo‘ladi. Shu sababli uning nomlanishi ham shaklidan kelib chiqqan (fransuzchada «kruassan» «yarimoy» deb tarjima qilinadi).

Ichiga shokolad solingan haqiqiy fransuzcha kruassan reseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Kerakli masalliqlar:

– Tayyor qatlama xamir;

– 1 plitka shokolad (achchiq yoki sutli);

– 1 ta tuxum;

– 1/2 choy qoshiq shakar (vanil shakari ishlatish ham mumkin).

Tayyorlanishi:

Birinchi navbatda plitka shokoladni kichik bo‘lakchalarga bo‘lamiz. Shokolad muzdek va folgada bo‘lsa bo‘lish osonroq.

Xamirni dastlab to‘g‘riburchaklarga kesib chiqamiz. So‘ngra har bir to‘g‘riburchakni diagonaliga kesamiz. Shunda uchburchaklar hosil bo‘ladi.

Uchburchaklardan birini olib, uning eng qisqa tomoniga shokolad bo‘lakchasini qo‘ying. Qo‘lingizni yog‘lab, kruassanni asosidan yuqoriga qarab o‘rab borasiz. Shokolad uning ichida qolishi kerak. Har bir uchburchakni shu tarzda o‘rab chiqasiz.

Tuxumni idishga chaqib, unga shakar qo‘shamiz va aralashtiramiz. Kruassanlarni duxovka listiga joylab, har biriga tuxum surib chiqamiz. 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz. Ularning tayyor bo‘lganligini tilla rangga kirganidan bilish mumkin. Shuningdek, tayyor bo‘lishiga 3—4 daqiqa qolganda oshxonaga vanil va shokolad hidi tarala boshlaydi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Fransuzcha nonushta — shokoladli kruassan