20:19 / 25.01.2017
13 605

Ingliz tilini o‘rganish uchun 4ta sabab

Ingliz tilini o‘rganish uchun 4ta sabab

Polina Chervova, Rossiyadagi "Ingliz Tili Polina Chertova Bilan" maktabini asoschisi, o‘z dars berish usulini o‘ylab topgan, sizlarga, Ingliz tilini o‘rganganingizdan so‘ng hayotingiz qanchalik o‘zgarishini aytib beradi.

Men har kuni o‘nlab, ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan odamlar bilan tanishaman. Ular nega ularga ingliz tili kerakligini bilishadilar, ularda motivatsiya bor. Shuningdek men ingliz tilini o‘rganishni hohlaydigan, lekin, aynan nega ularga bu til kerakligini, bu til qanchalik ularni hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkinligini bilmaydigan odamlarni ham uchrataman.
Va bu sahifada, men sizlarga, ingliz tilini o‘rganganingizdan sizga qanday foydalar bo‘lishini aytib bermoqchiman.

1. Mustaqil taraqqiyot
Maktab va universitetlarni tamomlagandan so‘ng bizning miyyamiz, kam ishlashni (qiyinalishni) boshlaydi, chunki u endi ko‘p ma’lumotlarni eslab qolishi, yangi terminlarni bilishi kerak emas, aynan shuning uchun xotira yomonlashib ketadi.
Yangi tillarni yodlashdan boshqa hech nima miyyamizni bunchalik mashq qildirmaydi. Atigi bir-ikki haftadan kegin, siz, hotirangiz yahshilanganini va yangi ma’lumotlarni yahshiroq eslab qolishni boshlaganingizni sezasiz.

2. Karerani ko‘tarish
Balki, siz hozir ishlayapgandursiz, lekin sizga yo ishingizga umuman ingliz tili kerak emasdur. Lekin bari-bir bir kuni sizga ingliz tili ishingizda ham kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda, xattoki yosh bola ham biladi-ki, chet ellar bilan biznes qilish eng daromatli ish.
Nima bo‘lsa ham, karerangizda, ingliz tili yahshigina yordam beradi.

3. Sayohatlarda xafsizlik
Ko‘plar, sayohatlarda o‘zini xafsiz his qilish, istalgan vaqt yo‘lni so‘rab olish mumkin bo‘lishi uchungina ingliz tilini o‘rganishadilar. Ko‘pincha bu to‘g‘ri. Chunki juda ko‘p shaharlarda ingliz tilini bilishadi. Dunyoni qaysi chetida bo‘lsangiz ham, ingliz tilini biladigan odam topiladi.
Ohirgi uch yil davomida, ingliz tilini bilganim meni hayotimni 20 martta saqlab qoldi.

4. Bolalaringizga o‘rnak
Siz, bolalaringiz 2-3ta tillarni bislishini hohlardingizmi? Ular katta bo‘lganida, mustaqil o‘rganishi, naqadar qiyinligini o‘zingiz ham bilasiz. Siz, va faqatgina siz, ular uchun namuna bo‘lishingiz kerak, va faqatgina siz ular til o‘rganishini osonlashtirishingiz mumkin.

Azizlar, biz ingliz tilini o‘rganish uchun faqat 4ta sabablarni ko‘rib chiqdik, lekin ular bundan ancha ko‘p. Meni vaqtim yo‘q, bu men uchun qiyin degan hayollar bilan o‘zingizni aldamang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ingliz tilini o‘rganish uchun 4ta sabab