
Yuzdagi husnbuzarlarni yo‘qotishning bir necha xil usullari mavjud, deb yozadi «Daryo» nashri.
Vitaminli preparatlar
Husnbuzarlarni davolashda etarli darajada B guruh vitaminlari talab qilinadi. Bundan tashqari, A, C, E vitaminlari hamda rux va xrom elementlari ham bu borada yordamchi bo‘la oladi.
Choy daraxti yog‘i
Bu efir yog‘i antibakterial xususiyatga ega bo‘lgani bois husnbuzarlarga qarshi kurashishda eng samarali vosita hisoblanadi.
Sarimsoq
Sarimsoq – haqiqiy tabiiy antibiotik bo‘lib, husnbuzarlarni davolovchi barcha vositalar tarkibining asosiy qismi hisoblanadi.
Fotodinamik davolash
Fotodinamik davolashni ba’zan, ko‘k rangli davolash deyishadi. Davolashning bu usuli antibiotiklarga qaraganda bir muncha xavfsizroq hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar