O‘zingizga chetdan nazar solishni xohlaysizmi? Boshqalardan ustun jihatlaringiz va kamchiliklaringizni bilmoqchimisiz?
Unda quyidagi shakllardan birini tanlang va 1 raqami bilan belgilang. Qolganlarini ham yoqish-yoqmasligiga qarab, 5 gacha raqamlab chiqing.
Kvadrat. Kvadratni birinchi o‘ringa chiqarganlar hayotda va ishda tartib-intizomga amal qiladi. Ular barcha ishni o‘z vaqtida bajarishni, tozalikni xush ko‘ruvchi, mehnatsevar va tirishqoq bo‘ladi. Qat’iyat, va’daning ustidan chiqish, halollik va tejamkorlik ham ularga xos.
Kvadratlarning asosiy kamchiligi: o‘ta talabchanlik, mayda narsalarga ham katta e’tibor qaratish, qaysarlik, yangiliklarni qiyinchilik bilan qabul qilish, fantaziyaning kambag‘alligi.
Uchburchak. Ular yaxshi lider, elkasiga mas’uliyat olishdan cho‘chimaydi. Kuchini to‘g‘ri yo‘naltira oladigan, o‘ziga ishonchi baland, tavakkalchi. Shu bilan birga, g‘ayratli, to‘g‘riso‘z, hissiyotga boy, aqlli odamlardir.
Uchburchaklarning asosiy kamchiliklari: ularda xudbinlik yaqqol seziladi. Nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan, manfaatlarini ko‘p narsadan ustun qo‘yuvchi, sabrsiz, diydasi qattiq, jahli tez bo‘ladi.
Aylana. Ular juda kirishuvchan, mehribon, g‘amxo‘r, sadoqatli, kuchli ijtimoiy intuisiyaga ega, bag‘rikeng, qo‘li ochiq, hissiyotlarga beriluvchan, kechirimli, konfliktlardan yiroq kishilardir.
Ammo aylanalarda ham o‘ziga xos kamchiliklar etarli: o‘zgalar fikriga tobelik, o‘ta yuvoshlik, betartiblik, doimiy ikkilanish, muhim qarorlar qabul qilishdan qochish, ko‘ngli bo‘sh, ishonuvchanlik.
To‘rtburchak. Qiziquvchanlik, yaxshi ta’lim olish va yangilikka intilish, o‘ta ziyraklik, ammo ishonuvchan va samimiylik ularga xos. To‘rtburchaklardagi asosiy yaxshi fazilat sezgirlikdir.
Kamchiliklariga keladigan bo‘lsak, to‘rtburchak shaklni tanlaganlar o‘zini past baholovchi, qat’iyatsiz, qarorlari mavhum, ishi va so‘zi orasida tafovut bo‘ladi. Hissiy beqarorlik ham ularga tez-tez pand berishi mumkin. Sodda, unutuvchanlik va kechirimliligi bilan ajralib turadi.
Zigzag. Ular yangilik va ijodga intiluvchan, o‘rganishga chanqoq, biroz xayolparast, optimist bo‘ladi. Tashabbuskorlik, kelajakka intilish va g‘alayonkorlik ham ularga begona emas.
Zigzaglar tartibsizlikka moyil, qo‘nimsiz, o‘ta o‘zgaruvchan, qoidalarga amal qilmaslik, kesatib gapirish kabi xususiyatlari sabab tez-tez muammolarga duch keladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi