17:25 / 05.02.2017
11 882

Aql bilan tejamkorlik qilamiz

Aql bilan tejamkorlik qilamiz

Tejash uchun kerakli narsa yoki yangi buyumdan voz kechish shart emas. Foydali odatlarga o‘rganishning o‘zi etarli – kamroq sarflay boshlaganingiz darrov seziladi.

Foydali odamlar

Do‘stlaringiz yoki yaqinlaringiz sartarosh, kosmetolog yoki stomatolog bo‘lsa, bunday sohalar uchun ketadigan xarajatlarni ancha tejash mumkin. Tabiiyki, siz ham o‘z navbatida vaqti kelganda ularga albatta yordam ko‘rsatasiz.

Piyoda yurish

Transport xizmatidan voz kechib piyoda yurish – ham sog‘liq uchun foydali, ham yo‘l xarajatini tejashning ajoyib usuli.

Yashash joyini birgalikda ijaraga olish

Agar siz yashash uchun kvartirani ijaraga olmoqchi bo‘lsangiz, biror kishi bilan birgalikda olganingiz ma’qulroq. Bu sizga yashash xarajatlarini ikki baravar kamaytirishga yordam beradi. Eng asosiysi bir joyda birga yashash qiyin bo‘lmaydigan qo‘shnini to‘g‘ri tanlashdir.

Sotib olishga to‘g‘ri yondashish

Sotib olishdan oldin, sizga bu juda qimmat va brend bo‘lgan buyum qanchalik muhimligi to‘g‘risida yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Agar siz uchun uncha ahamiyatli bo‘lmasa, brend kiyimlar uchun bekorga mablag‘ sarflash yaramaydi. Chunki har mavsumning oxirida bunday kiyimlar narxi 2 baravar arzonlashishi mumkin. Shuningdek, ko‘plab markadagi sifatli kiyimlarni arzonroq narxda ham xarid qilsa bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aql bilan tejamkorlik qilamiz