22:04 / 05.02.2017
20 160

Jannat qayerda, jahannamchi? Muhim 7 ta savolning javobi

Jannat qayerda, jahannamchi? Muhim 7 ta savolning javobi

Birinchi savol: Jannat qayerda?

Javob: Jannat etti qavat osmonning yuqorisida bo‘lib, u etti qavat osmondan alohida ajragandir, chunki qiyomat kuni etti qavat osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo, jannat esa yo‘q bo‘lmaydi. Uning shifti arshdir.

Ikkinchi savol: Jahannam qayerda?

Javob: Jahannamning markazi etti qavat er ostidadir. Sijjiyn deb nomlanuvchi joyda. U ba’zi birovlar tahmin qilganidek jannatning yonida emas. Biz yashayotgan er birinchi qavat hisoblansa, undan tashqari olti qavat er bor. Bu olti qavat er biz yashayotgan erning tagida alohida ajratilgan holda mavjuddir.

Uchinchi savol: Sidratul muntaho nimadir?

Javob: Sidratul muntaho azim daraxt, uning ildizlari oltinchi osmonda bo‘lib, bo‘yi ettinchi osmondan yuqorigacha cho‘zilgandir. Barglari filning quloqlaridek, mevasi esa katta xumdek keladi. Unga tillodan bo‘lgan parvona (kapalaklar) keladi va u jannatning tashqarisidadir. Payg‘ambar sallollohu alayhi va sallam u daraxtning yonida hazrati Jabroil alayhissalomni o‘zlarining haqiqiy suratlarida ikkinchi marotaba ko‘rganlar. Undan oldin esa Makkada Ajyod deb nomlanadigan joyda ko‘rgan edilar.

To‘rtinchi savol: Kim ular Hurun iyn (oppoq yuzli katta va chiroyli ko‘zli hur qizlar)?

Javob: Ular mo‘minlar uchun jannatdagi zavjalardir. Ular inson ham emas, jinlardan ham emas va farishtalardan ham emasdirlar. Agar ulardan biron birlari dunyoga boqsalar mashriq bilan mag‘rib oralig‘i ularning ziyosidan yorishib ketadi. Hurun iynning ma’nosi ko‘zning qorachig‘ining tim qoraligini, oqini esa oppoqligini va ko‘zlarning charosdek kattaligini anglatadi.

Beshinchi savol: Kim ular al-Vildon al-Muxalladun (Mangu yosh bolalar)?

Javob: Ular jannat ahlining xizmatchilaridir. Ular inson ham emas, jinlardan ham emas va farishtalardan ham emasdirlar. Ular jannat ahlining eng quyi darajasidagilarga xizmat qiladi.

Oltinchi savol: A’rof nima?

Javob: A’rof bu jannatning keng devori bo‘lib, unda yaxshi amallari bilan yomon amallari barobar bo‘lgan musulmonlar bir muddat qolishadi, ular u erda ma’lum muddat turganlaridan keyin jannatga kirishadi.

Ettinchi savol: Qiyomat kunining muddati qancha?

Javob: Qiyomat kunining muddati bir kun, lekin ellik ming yilga teng bo‘ladi. Alloh taolo shunday deydi: “Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori (muddati) ellik ming yilga teng (bo‘lgan) bir kunda (qiyomat kunida) Uning huzuriga ko‘tarilurlar” (Maorij-4). Ibni Abbos (r.a) dedi:“Qiyomat kunida ellikta turar joy bo‘lib (mavqif), har bir joyning muddati ming yilga tengdir”.


Muhammad-Akmalxon Shokirov

Manba: muslim.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jannat qayerda, jahannamchi? Muhim 7 ta savolning javobi