07:51 / 07.02.2017
7 545

Kiyimlarga yangi hayot bag‘ishlashning 5 ta usuli

Kiyimlarga yangi hayot bag‘ishlashning 5 ta usuli

Ko‘pchiligimiz sevimli kiyim yoki poyabzalimiz yaroqsiz holga kelib qolsa ham tashlab yuborgimiz kelmaydi. Ularning garderobdagi o‘rnini ba’zan boshqa kiyim bosa olmaydi. Ana shunday holatlarda quyida keltirilgan kichik hiylalarni qo‘llagan holda, ularga yangi hayot bag‘ishlashga urinib ko‘ring.

Ter hidi urib qolgan kiyim

Kiyimning qo‘ltiq ostidagi yoqimsiz hid va dog‘lardan qutulish uchun uni sovuq yoki iliq suvga solib qo‘ying. Alohida idishda suv va sodani 1:3 nisbatda aralashtiring. Ular suvda to‘liq erib, pasta ko‘rinishiga kirguncha qorishtiring.

Hosil bo‘lgan pastani dog‘ ustiga qalin qilib suring. Uni tish chyotkasi yordamida kiyimga yaxshilab ishqang. Pastani kiyimda bir soat, kuchli ifloslangan kiyimda esa kechasi bilan qoldiring.

Shundan so‘ng mato uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan eng yuqori haroratda yuving. Agar zarurat bo‘lsa yuqoridagi usulni takror qo‘llang.

Tonal vositasi izi

Iliq suv va idish yuvish vositasini aralashtiring. Lattani u bilan ho‘llab, suvini biroz siqib, dog‘ni artib oling.

Tishlashib qolgan zanjirsimon yopqich

Zanjirsimon yopqichga grafit surib qo‘ying. Yopqichni to‘liq yoki muammoli qismini qalam bilan shtrixlab chiqing. Shundan so‘ng yopqich surgichini silliq o‘tgunga qadar tishlari bo‘ylab yuqori-pastga siljiting.

Kiyim ustidagi «yumaloqchalar»

Bu safar sizga ustaraning tig‘i yordamga keladi. Matoni tarang tutgan holda ustara tig‘ini kichik burchak ostida mato ustidan yengil yuriting. Kiyimga zarar etkazmaslik uchun ehtiyot bo‘ling.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kiyimlarga yangi hayot bag‘ishlashning 5 ta usuli