Makiyajdan oldin ishlatiladigan kosmetik vositalar yuz terisidagi tonal vosita tuzata olmaydigan kamchiliklarni bartaraf etishi mumkin, deb yozadi Daryo nashri.
Shuning uchun toniklar, tozalovchi va namlovchi kremlarga sarf qiladigan mablag‘ingizni ayab o‘tirmaganingiz ma’qul.
Hamma makiyaj ham baribir parvarish qilingan, namlangan va sog‘lom terining holatiga bog‘liq ravishda mukammal bo‘la oladi.
Har doim yoshga va terining turiga qarab kosmetik vositalardan foydalanish zarur.
Makiyaj tagidan ishlatiladigan vositadan oldin yuz terisiga namlovchi krem suring. Birozdan so‘ng yengil harakatlar bilan yupqa qatlamda makiyajdan oldingi vositani qo‘ying.
Terisi yog‘li bo‘lgan yuzlarga asos ustidan upa yoki yaltiramaydigan tonal kremi surish etarli.
Juda quruq yuzlarga avvalo oziqlantiruvchi, uning ustidan esa namlovchi krem surilgandan keyingina makiyaj tagida qoluvchi asosni ishlatish mumkin.
Kosmetika do‘konlaridan tarkibida uch xil: ham namlantiruvchi, ham tonal komponentli va ham quyosh nuridan himoya qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan vosita sotib olishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi