07:14 / 08.02.2017
16 700

Sochlarni uyda bo‘yash uchun nimalarni bilish kerak?

Sochlarni uyda bo‘yash uchun nimalarni bilish kerak?

Ba’zan o‘zgarishni, rang bilan tajriba qilib, sochlarimiz rangini o‘zgartirishni istab qolamiz. O‘zgarish har doim qiziq, biroq sochlarni salonda bo‘yatish ma’lum mablag‘ sarflashni talab etadi. Shunda ularni mustaqil ravishda, uyda bo‘yash fikri paydo bo‘ladi. Bu jarayon bir qarashda juda osondek tuyulsa-da, muayyan qoidalarga amal qilibgina sochlarning tabiiy go‘zalligini buzib qo‘ymasdan, chiroyli rangga erishish mumkin, deb yozadi «Daryo» nashri.

Quyida eng yaxshi stilistlarning tavsiyalarini keltiramiz.

Sochlaringizni birinchi marta bo‘yayotgan bo‘lsangiz, bo‘yoqni butun boshingiz bo‘ylab suring. Keyinchalik esa o‘sib borishiga qarab, faqat ildizlariga surasiz.

Bo‘yoqni sochlaringizda ushlab turish vaqti qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Odatda «30 daqiqadan 45 daqiqagacha» deb ko‘rsatiladi, demak oxirgi chorak soatda istagan rangingizga erishasiz. Jingalak soch sohibalari eng minimal vaqtni tanlashlari kerak, chunki bo‘yoq sochning g‘ovak qismlaridan juda tez o‘tadi. Bu tabiiy yoki sun’iy jingalak sochlarga birdek taalluqli.

Bo‘yoq komplektidagi kondisioner odatdagilardan pH darajasining pastligi bilan farqlanadi. Shuning uchun soch qoplamini silliqlashtirib, rangning uzoqroq saqlanishiga ko‘mak beradi.

Ba’zan hosil bo‘lgan rang ko‘nglingizdagidek chiqmasligi mumkin. Bunda vaziyatdan chiqishning eng to‘g‘ri yo‘li to‘qroq rangga bo‘yashdir. Agar me’yoridan oshib ketishidan cho‘chisangiz, yaxshisi salonga murojaat qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlarni uyda bo‘yash uchun nimalarni bilish kerak?