
Teriga yaxshilab surilgan tonal krem umuman sezilmaydi. Agar bu vosita noto‘g‘ri qo‘llanilsa, darrov bilinib qoladi.
Daryo nashri tonal vositadan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan ba’zi xatolar to‘g‘risida maqola chop etdi.
Yuz va bo‘yinning har xil rangda bo‘lishi
Yuz va bo‘yin ranglarining farqi darrov ko‘zga tashlanadi. Tonal vositani qo‘lga emas balki yuzning jag‘ qismiga surib ko‘rib tanlagan ma’qul.
Terining kengaygan teshikchalari
Teridagi bu kamchilikni yashirish va makiyaj ideal bo‘lishi uchun tonal kremni yumshoq sponj (maxsus gubka) yordamida surish tavsiya qilinadi.
Tonal kremni noto‘g‘ri tanlash
Shuni har doim esda tutingki, tonal vositani tanlashdan oldin albatta teringizning turini aniqlang va unga mos keluvchi vositani oling.
Konsiler (korrektor) dog‘lari
Tonal vosita mos tushsa ham konsiler mos tushmaslik hollari ham uchrab turadi. Bunday vaziyatda qancha uringaningiz bilan o‘zingiz xohlagan natijaga erisha olmaysiz.
Sochdagi krem
Ehtiyotsizlik oqibatida kremni yuz chekkasidagi sochlarga ham surib yuborgan va buni o‘zingiz ham payqamagan bo‘lishingiz mumkin. Bu albatta atrofdagilarga ko‘rinib turadi. Shuning uchun tonal vositani diqqat va e’tibor bilan surish lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing