07:26 / 15.02.2017
16 807

Dunyodagi eng qimmat atirlar

Dunyodagi eng qimmat atirlar

Aytishlaricha, haqiqiy atir uzoq vaqtlar davomida ko‘plab kishilarning og‘ir mehnatlari evaziga yaratilgani uchun arzon bo‘lishi mumkin emas ekan, deb yozadi Daryo nashri.

Lekin shunday atirlar borki, baholari aqlga sig‘mas darajada yuqori. Shunday qilib, dunyodagi eng qimmat atirlar bilan tanishing.

5-o‘rin: Clive Christian No.1

Mashhur britanoyalik dizayner Klayv Kristian tomonidan yaratilgan atir uch karat javohir bilan bezatilgan ajoyib billur idishi bilan ajralib turadi. Har yili bu kamyob atirdan 1000 nusxa ishlab chiqariladi. 30 ml miqdordagi bu atirning bahosi 5500 dollarni tashkil qiladi.

4-o‘rin: Royal Arms Diamond Edition Perfume

Londondagi Floris uyi qirolicha Elizaveta II ning javohir yubileyi sharafiga o‘ziga xos atir chiqardi. Atir har biri 20-asr boshlarida yaratilgan va javohir bilan bezatilgan 18 karatli tilla zanjirli 6 ta noyob shishalarga solingan. Bu atirning narxi 23 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

3-o‘rin: Guerlain Idylle Baccarat — Lux Edition

Bunday atir uchun Ora Ito kompaniyasi ko‘z yoshi shaklidagi noyob tillaga o‘ralgan billur idish ishlab chiqardi. Atir solingan bu idishning narxi 40 ming AQSh dollaridan iborat.

2-o‘rin: Clive Christian Imperial Majesty

Noyob parfyumeriya aralashmasi yuqori sifatli tog‘ billuridan yasalgan idishlarga solingan. Shishaning bo‘yniga 18 karatli tilla folga yopishtirilgan va qopqog‘i 5 karatli javohirdan yasalgan. Bu atirning bahosi 215 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

1-o‘rin: DKNY Golden Delicious

Apelsin, qizil olma, olxo‘ri, atirgul va oq liliya, muskus va sandal daraxtidan tashkil topgan bu ajoyib muattar hid oddiy idishda juda arzon turadi. Lekin 2011 yilda bu xushbo‘y hidli atirni dunyodagi eng qimmat atirga aylantirgan noyob idish yaratildi. 2909 ta qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bu idish 1 million dollar turadi. Bu idishlarga solingan atirlarni sotishdan kelgan mablag‘ ochlikka qarshi kurashuvchi Action Against Hunger jamg‘armasiga borib tushishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyodagi eng qimmat atirlar