«Yog‘larni eng va ozing» (Eat Fat, Get Thin) kitobining muallifi doktor Mark Xayman ozish uchun albatta yog‘li oziq-ovqat iste’mol qilish kerakligiga ishonchi komil. Uning fikricha, to‘g‘ri ovqatlanishning 5 ta asosiy qoidalari mavjud bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi aynan tarkibida etarli miqdorda yog‘lar bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishga asoslangan, deb yozadi Daryo nashri.
Sabzavotlar — ovqatning asosi
Xayman parhezida ovqatning 70—80 foizi sabzavotlar, donlar, dukkaklilar va mevalardan iborat bo‘lishi lozimligi ko‘zda tutilgan.
O‘zingiz bilan yong‘oq va pista olib yuring
Muallifning aytishicha, sayohatlar vaqtida boshqa zararli mahsulotlarni eb qo‘ymaslik uchun doimo o‘zi bilan paketchada yong‘oq olib yurar ekan. «Yog‘ va oqsil — mening tamaddim», — deydi u.
Saryog‘ va margarin o‘rniga — zaytun yog‘i
Zaytun yog‘i yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, ba’zi tekshirishlar xolesterinning umumiy miqdorini ham kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Zaytun yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lari singari etarlicha kaloriyali bo‘lgani uchun uni bemalol saryog‘ va margarinning o‘rniga ishlatish mumkin.
Steyk o‘rnida — yog‘li baliqlar
Losos, makrel va forel kabi yog‘li baliqlar — Omega-3 yog‘ kislotasiga juda boy. Omega-3ni organizmning o‘zi ishlab chiqarmaydi va u iste’mol qilingan oziq-ovqatlardan olinadi. Inson organizmi uchun uning ahamiyati juda muhim bo‘lib, hatto yurak xastaligi va insultning oldini ham oladi.
Oq non va guruchni kamroq iste’mol qiling
Tozalangan uglevodlar yuqori bo‘lgan va butun donlar past bo‘lgan parhez sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi