16:28 / 04.03.2017
11 016

Xitoy haqidagi siz kutmagan 4 ta fakt

Xitoy haqidagi siz kutmagan 4 ta fakt

Pekinlik ko‘rinmas odam, «Avatar» uchun asos bo‘lgan Xitoy manzarasi, qora choy ichmaydigan choyxo‘rlar, ovqatlanish so‘ngida tortiladigan guruch — maqolada Xitoy haqidagi ana shunday kutilmagan faktlar bilan tanishasiz.

Pekinda ko‘rinmas odam yashaydi

Lyu Bolin — Pekindagi 798-art tumanning eng mashhur rezidentlaridan. 43 yoshli rassom o‘z fotografik shohasarlari bilan tanilgan, ushbu fotosuratlarda u shunday grim qilinganki, atrof-muhit fonida to‘liq yo‘qolib ketgan.

Obrazlarni uning o‘zi yaratadi, bo‘yoq va grimni esa unga yordamchilari surib qo‘yadi, buning uchun u bo‘lg‘usi kadr joyida o‘n soatlab qimirlamay turishiga to‘g‘ri keladi. Lyuning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa u kundalik yugur-yugurlar ortida ko‘rinmay ketadigan oddiy odamning hayotiga jamoatchilik diqatini qaratishga urinadi.

«Avatar» filmi Xitoyda yaratilgan

G‘arb kinojamiyatining katta qismi shov-shuvli «Avatar» 3D filmidagi manzaralar film yaratuvchilari tomonidan «nol»dan boshlab chizilgan yoki rejissyor Jeyms Kemeronning tushida ayon bo‘lgan, va faqat kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan, deb o‘ylaydi.

Aslida esa Pandora manzaralari Xitoyning Xunan provinsiyasidagi kvars va qumtoshdan hosil bo‘lgan ustunlari bilan taniqli Chjanszyasze tabiat bog‘idan ko‘chirilgan.

Xitoyliklar deyarli qora choy ichmaydi

Buning ustiga, Xitoyda u qora emas, qizil deb ataladi, uning qizg‘ish-karamel rangini hisobga olganda, bu mantiqqa to‘g‘ri keladi. Qora deb esa xitoyliklar ba’zan puer choyini atashadi.

Zamonaviy Xitoy aholisi orasida ko‘k choy, gulli choy va ulun ommabop, qizil choyni esa kamdan-kam ichishadi.

Guruch oxirida tortiladi

Xitoyliklar uyda bo‘ladimi, restoranda bo‘ladimi, biz garnir deb ataydigan egulikni eng so‘ngida eyishadi. Agar guruchni kechki taomning boshida keltirishni so‘rasangiz (ovqatning achchiq ta’mi va yog‘liligini guruch bilan bosmoqchi bo‘lgan chet elliklar chunday qiladi), ofisiantning taajjubga to‘la nigohini uchratishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xitoy haqidagi siz kutmagan 4 ta fakt