
Hammamizga uyda tayyorlangan pishiriqlar juda yoqadi. Agar pishiriqlar tayyorlashga vaqtingiz etishmasa, mana bu usul yordamida rulet tayyorlash juda oson. Uni pishirishga bor-yo‘g‘i 5 daqiqa vaqtingiz ketadi. Tayyorlash usulini yozib oling.
Masalliqlar:
- quyultirilgan sut — 1 banka
- tuxum — 1 dona
- un — 1 piyola
- yarim qoshiq soda
Pishirish:
- Hamma masalliqlarni yaxshilab aralashtiramiz.
- Tunuka tova ichiga qog‘oz to‘shang va unga aralashmani bir tekisda quying.
- Xamir deyarli 5—7 daqiqada davomida pishib chiqadi.
- Faqat, siz rulet ichiga solinadigan masalliqlar: qaymoq, quyultirilgan sut, shokoladlardan birortasini tanlashingiz kerak bo‘ladi.
Manba: «Daryo» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar