01:02 / 21.03.2017
8 041

Boladagi iste’dodni qanday payqash va rivojlantirish mumkin?

Boladagi iste’dodni qanday payqash va rivojlantirish mumkin?

Hamma bolalar tug‘ma iste’dodli bo‘ladi. Asosiysi, o‘z vaqtida qobiliyatlarini payqash va eng boshlanishidan ularni nobud qilmaslik kerak. Bu bolaning kelajakda mukammal va baxtli odam bo‘lishini ta’minlaydi. Ota-onalarning vazifasi — bolalardagi iste’dodni topish va uning rivojlanishiga yordam berish.

San’at

Agar bola yoshligidan rasm chizish yoki bo‘yash, tuzish, yig‘ish, oyna oldida aylanish va bezanish, hammadan oldin sanash va ranglarni bilishni boshlasa bu uning dunyoni ko‘zlari bilan idrok qilayotganini bildiradi. U holda bola rasm chizish bilan shug‘ullanishi lozim, kelajakda esa uning o‘zi qaysi yo‘nalishdan ketishni aniqlaydi.

Musiqa

Agar bola biror kuyni eshitganda o‘ynab ketsa yoki qo‘shilib kuylasa, bu unda musiqaga qobiliyat borligini bildiradi. Musiqaviy yo‘nalishlar har doim ham musiqa bilan bevosita bog‘liq bo‘lavermaydi. Bolada fonematik eshitish yaxshi rivojlangan bo‘lishi ham mumkin. Va u bu eshitish orqali tillarni tez o‘rganish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. Shu yo‘nalishdagi har xil to‘garaklar va kurslarga qatnashib ko‘rishi mumkin.

Matematika

Murakkab boshqotirmalar va masalalar echishni va hamma narsalarni o‘z atrofiga ma’lum bir tartibda joylashtirishni yaxshi ko‘radigan bolalar kamdan-kam uchraydi. Agar bolada bunday qobiliyat borligini bilsangiz, uni matematik to‘garakka olib borish va aniq fanlar yo‘nalishidagi maxsus maktablarga joylashtirishni o‘ylab ko‘ring.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boladagi iste’dodni qanday payqash va rivojlantirish mumkin?