
Taklif etilayotgan usul katta mablag‘, maxsus bilimlar va birovning yordamini talab qilmaydi. Tozalash jarayonida sog‘liq uchun zararli bo‘lgan kimyoviy vositalar ham ishlatilmaydi.
Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- kalsinasiyalangan soda;
- oddiy ichimlik sodasi;
- birorta oqartiruvchi vosita;
- oddiy sirka.
Bundan tashqari, tozalash texnologiyasi ham juda oson:
- Ichimlik va kalsinasiyalangan sodalar o‘zaro aralashtiriladi. Har biridan 2 osh qoshiqdan olinadi. Hosil bo‘lgan aralashma oldindan ho‘llangan vannaga surib chiqiladi.
- 5—10 daqiqadan so‘ng vannaga birinchi qatlam ustidan 50 grammdan sirka va oqartiruvchi qo‘shilgan yangi aralashma suriladi.
- Ikkinchi qatlam surilgandan 30 daqiqadan keyin vannani ko‘proq suv bilan yaxshilab yuvib tashlash zarur.
Shunday qilib, natija – yana qordek oppoq vannaga ega bo‘ldingiz!
Manba: «Daryo» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar