14:42 / 26.03.2017
7 004

Ish qidirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Ish qidirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Qanday bo‘lishidan qat’i nazar: hayotingizda birinchi martami yoki faoliyat turini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan tajribali ishchi bo‘lasizmi, ish qidirishda quyidagi keng tarqalgan xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling.

1-xato

Siz sobiq rahbaringizni kafolat uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan odamlar ro‘yxatiga kiritgansiz, lekin uni ogohlantirishni unutasiz. Nomlari ko‘rsatilgan kishilar siz bilan yaxshi munosabatda bo‘lishsa ham, oldindan tayyorlanmasdan turib sizga aniq tavsif bera olmaydi.

Maslahat: Kafolat berishi ko‘zda tutilgan hamkasbingizga oldindan ogohlantiruvchi elektron xat yuboring.

2-xato

Sizda faqat bitta variantdagi rezyume bor

Ish beruvchilar asosan siz ilgari ishlagan kompaniyalarga e’tibor beradi. Ularni siz ishlagan qaysi lavozimlar ko‘proq o‘zlari qo‘ygan talablarga mos kelishi qiziqtiradi.

Maslahat: Har bir holatda bo‘sh o‘rin tavsifini diqqat bilan o‘qib chiqing va rezyumeni har bir kompaniya uchun ahamiyatli bo‘lgan malaka va tajribalar ko‘zga tashlanadigan shaklda o‘zgartiring.

3-xato

Siz suhbat oxirida savol bermaysiz

Birinchi uchrashuvda vazminlik yaxshi yondashish bo‘lishi mumkin, lekin ish qidirishda ishtiyoq va qiziqish bildirish juda muhim.

Maslahat: Ish beruvchilar suhbatga qo‘shilishingizni istaydi. Siz nima uchun bu ishga qiziqayotganingizni aytib bering, kompaniyani talqin qilishga tayyor bo‘ling va albatta bir necha savollar tayyorlab qo‘ying.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish qidirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar