01:11 / 27.03.2017
7 026

Diqqatni to‘plashga yordam beruvchi oziq-ovqatlar

Butun kun davomida diqqat-e’tiboringiz bir joyga to‘plangan holda yurish uchun miyangiz to‘g‘ri oziqlanishi kerak. Buning uchun qanday oziq-ovqatlar iste’mol qilish kerakligini maqolamizdan bilib olasiz.
Diqqatni to‘plashga yordam beruvchi oziq-ovqatlar

Piyoz

U miyani ajoyib tarzda tetiklashtiradi. Piyoz tarkibidagi birikmalar miyaning idrok qilish faoliyatini cheklovchi toksinlarning ta’sirini yo‘qotadi.

Eyish kerak: yarim bosh piyozni salat bilan birga qo‘shgan holda.

Sardina balig‘i

Bu baliq — D vitaminining eng yaxshi manbasi hisoblanadi. Manchester universitetida aniqlanishicha, D vitamini tomirlar egiluvchanligini va bosh miya kapillyarlarini saqlagan holda xotirani yaxshilaydi.

Eyish kerak: 80 g baliqni bodring va donli non bilan.

Pista

Pistaning 300 grammida 151 mg «valin» deb ataluvchi aminokislotalar mavjud. U miyaning shikastlanish va zo‘riqishlardan keyin idrok qilish faoliyatini qayta tiklash uchun talab qilinadi.

Eyish kerak: 25 g.

Bulg‘or qalampiri

Bir juft qalampirda kayfiyatga ta’sir qiluvchi neyromediatorlarni sintez qilishda ishtirok etadigan piridoksinning tavsiya qilingan kunlik normasining 14 foizi mavjud.

Eyish kerak: salatga qo‘shib 50 g.

Loviya

Loviya B vitaminlar guruhiga kiruvchi, miya hujayralarini sog‘lom tutuvchi inozitol va xolinning eng yaxshi birikmalaridan tashkil topgan.

Eyish kerak: 180 g sho‘rva bilan.

Oshqovoq

Lyuteolinga boy bo‘lgan oshqovoq miya charchoqligiga yordam beradi. Lyuteolin tetiklik va xotiraga javobgar bo‘lgan gippokampus hujayralarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Eyish kerak: 25 g salat bilan.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diqqatni to‘plashga yordam beruvchi oziq-ovqatlar