
Devona Bahlul bir kuni shoshib Horun ar-Rashidning saroyiga kirsa, xalifaning taxti bo‘sh turibdi. U shartta borib xalifaning taxtiga o‘tirib olibdi. Saroy mulozimlari va navkarlar Bahlulni rosa do‘pposlab, taxtdan tushirib olishibdi. Bahlul kaltakning zo‘ridan yig‘lab turgan payti Horun ar-Rashid kirib kelibdi.
Mulozimlar voqeani ko‘pirtirib, unga so‘zlab beribdilar. Horun Bahlulning devonaligiga rahmi kelib, navkarlarni koyib, unga tasalli bera boshlabdi.
Bahlul esa:
— Podshohim, men o‘zimga emas, sizning holingizga yig‘layapman. Qarang, bir necha daqiqagina taxtingizga o‘tirib, shuncha kaltak edim. Siz umr bo‘yi shu taxtda o‘tiribsiz. Ertaga Alloh taoloning huzurida oqibatingiz nima bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rdingizmi?
Manba: www.qadriyat.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar