Albatta, chet tillarini o‘rganish natijasida kommunikativ imkoniyatlaringiz kengayishi, nufuzliroq ishga kirish imkoniyatingiz oshishi, filmlarni va kitoblarni original tilda ko‘rish va o‘qish mumkinligidan xabaringiz bor. Ammo yangi tillarni o‘zlashtirishning siz bilmagan boshqa jihatlari ham bor.
Ona tilingiz bo‘yicha bilimingiz oshadi
Xorijiy tilni o‘rganibgina, o‘z ona tilimizni ko‘proq qadrlay boshlaymiz. Unda bolalikdan gapirishni boshlaganimiz uchun, u qanday qurilgani haqida o‘ylamaymiz, ko‘pincha uning go‘zalligini anglamaymiz.
Konsentrasiya yaxshilanadi
Amerikalik olimlar tadqiqot o‘tkazib, bir nechta tillarni biladigan kishilarga so‘zlarni tushunish bo‘yicha topshiriqlar berdi va ularning tomograflarini kuzatdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bunday odamlar faqat bitta tilda gapiradiganlarga nisbatan, o‘xshash so‘zlarni yaxshi aniqlay oladi. Ushbu qobiliyat turli chalg‘ituvchi omillarni bloklab, bitta vazifaga diqqatni qaratishga yordam beradi.
Matematik qobiliyatlar yaxshilanadi
2007 yilda Chet tillarni o‘qitish bo‘yicha Amerika kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot doirasida xorijiy tillarni o‘rganayotgan bolalar maktab dasturida matematikaga ko‘proq soat ajratilgan, ammo chet tillarni umuman o‘qimaydigan o‘quvchilarga nisbatan, matematika bo‘yicha yaxshiroq natijalarni ko‘rsatgani aniqlandi. Hayratlanarli tomoni yo‘q — boshqa til asoslarini o‘rganish mantiqiy fikrlashni ishga tushiradi.
Siz tezroq o‘rganasiz
Chet tilini o‘rganishda yangi axborotni eslab qolish qobiliyati yaxshilanadi, bu o‘qish vaqtini kamaytiradi. Buning ustiga, ko‘p til biladiganlar bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarishga moyil bo‘ladi.
Siz kirishimliroq bo‘lasiz
Xorijiy tilni o‘rganish mohiyati — boshqa odamlar bilan muloqotdan iborat. Suhbatlashish malakalarini takomillashtirish uchun esa, yaxshisi, shu tilda so‘zlashuvchi yoki bu tilni allaqachon o‘rganib bo‘lgan kishilar bilan shug‘ullangan ma’qul.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"