To‘g‘ri boshlash – yarim muvaffaqiyat hisoblanadi, shuning uchun kunni bir necha muhim yumushlar bilan boshlashga odatlanish lozim. Shunda siz hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgarayotganini seza boshlaysiz. Bular uchun ertalab bor yo‘g‘i besh daqiqa ajratsangiz kifoya.
1) Tilni tozalaymiz
Ertalab tishlarni yuvishda tilga ham e’tibor qaratish kerak. Tilni tish cho‘tkasi yordamida tozalasangiz ham bo‘ladi. Bu hazm qilish a’zolariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ko‘plab bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi.
2) Bir piyola iliq suv ichamiz
Uyqudan keyin organizmda suv balansini tiklash, shuningdek uni nonushta qabul qilishga tayyorlash zarur bo‘ladi. Bir piyola qaynamagan toza suvni isiting, bir tilim limon qo‘shing va shoshilmasdan iching. Bunday ichimlik tozalash tizimini ishga tushiradi va jigar faoliyatiga yordam beradi. 20 daqiqadan so‘ng nonushta qilsangiz bo‘ladi.
3) Asal eymiz
Bir choy qoshiq tabiiy asalni nonushta qilishdan 10 daqiqa oldin eyish tavsiya qilinadi. Bu immunitetni oshiradi, shuningdek miyaga quvvat bag‘ishlaydi va kun bo‘yi ish qobiliyatini ta’minlaydi.
4) Og‘zimizni vodorod peroksidi bilan chayqaymiz
Nonushtadan keyin, 50 ml qaynamagan toza suv va 5-7 tomchi vodorod peroksidi aralashmasi bilan og‘zingizni chayqang. Bu usul yoqimsiz hidlar kelishining, karies paydo bo‘lishining va milkdagi muammolarning oldini oladi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi