16 yoshli hindistonlik sun’iy intellekt tadbirkori Putin bilan selfi tushib, e’tibor markaziga aylandi (video)

Hindistonlik 16 yoshli Raul Jon Adju xalqaro miqyosdagi uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yuzma-yuz ko‘rishish imkoniga ega bo‘ldi. Yosh tadbirkor ushbu uchrashuvdan esdalik sifatida Putin bilan selfi tushib, e’tibor markaziga aylandi.
Raul sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yurituvchi “ThinkCraft” platformasiga asos solgan. U Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari ishtirokida tashkil etilgan, turli mamlakatlardan kelgan yosh texnologiya ixlosmandlari jamlangan tadbirga taklif etilgan.
Uchrashuvda yosh ishtirokchilar sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqayotgan loyihalari va yangi texnologik yechimlarini namoyish qilishgan. Ular orasida 16 yoshli hindistonlik tadbirkorning ham borligi alohida e’tiborni tortdi.
Raulning Rossiya rahbari bilan tushgan surati internetda tarqalib, foydalanuvchilar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…