Eronda egizak opa-singillardan biriga o‘lim jazosi berildi

Dunyo1 daqiqa o'qish8
Eronda egizak opa-singillardan biriga o‘lim jazosi berildi

Eronda 2026 yil yanvar oyida hukumatga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etgan 21 yoshli egizak opa-singillarga nisbatan og‘ir jazo tayinlandi. Sud qaroriga ko‘ra, Taraneh Rahimiy osib o‘ldirish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, uning egizak singlisi Romina 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Opa-singillarning qarindoshlari ma’lum qilishicha, ular hibsda saqlangan davrda turli qiynoqlarga duchor qilingan va tahdidlar orqali o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni tan olishga majburlangan. Qizlar yanvar oyining oxirida qo‘lga olingan. Biroq oila a’zolari uch oydan ortiq vaqt davomida ularning qayerda saqlanayotgani va ahvoli haqida hech qanday ma’lumot ola olmagan. Onasi esa qizlari bilan faqat may oyida uchrashish imkoniga ega bo‘lgan.

Taraneh Eron qonunchiligida «Xudoga qarshi urush olib borish» ma’nosini anglatuvchi «moharebe» jinoyatida aybdor deb topilgan. Mazkur jinoyat uchun mamlakat qonunchiligida eng og‘ir jazo — o‘lim hukmi nazarda tutilgan. Sud hujjatlarida Taranehga sovuq qurol bilan namoyishda ishtirok etish hamda boshqa odamlarning hayotiga tahdid solish kabi ayblovlar qo‘yilgani qayd etilgan.

Uning egizak singlisi Romina esa ushbu jinoyatni sodir etishga ko‘maklashganlikda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qizlarning yaqinlari tergov jarayonida ularga nisbatan bosim va tahdidlar o‘tkazilganini bildirmoqda. Ularning aytishicha, tergovchilar Taranehni iqrorlik ko‘rsatmalariga imzo chekishga majburlash maqsadida uning ko‘z o‘ngida singlisini zo‘rlash bilan tahdid qilgan. Taranehning o‘zi ham sud majlisida tergov davomida bergan ko‘rsatmalari qiynoqlar ostida olinganini ma’lum qilgan.

Opa-singillarga nisbatan chiqarilgan hukm Eronda yanvar oyidagi hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan fuqarolarga nisbatan boshlangan ta’qiblar doirasidagi holatlardan biri sifatida baholanmoqda.

BMTning Eron bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi May Sato taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isfahon shahridagi bir ish doirasida yana 10 nafar shaxs o‘lim jazosiga hukm qilingan. Huquq himoyachilari namoyishlarda qatnashgan fuqarolarga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar siyosiy sabablarga asoslanganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, ular ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin mamlakatda qatl etish holatlari sezilarli darajada ko‘payganini bildirmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?