Bibisoraning onasi qizining Javohirga munosabati haqida gapirdi

Sport1 daqiqa o'qish17
Bibisoraning onasi qizining Javohirga munosabati haqida gapirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorovni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Germaniyadagi nufuzli musobaqada ishtirok etishdan voz kechdi.
  • Shaxmatchining onasi Liana Tanjarikova qizi Javohir Sindorov bilan munosabatlarni boshlaganidan so‘ng, u barcha ishlarini tashlab, Jenevaga uchib ketganini ma’lum qildi.
  • Hozirda Javohir Sindorov Jenevada jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun bahs olib bormoqda.

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorovni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Germaniyada o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi. Shaxmatchining onasi qizining hayotidagi ushbu o‘zgarishlar haqida gapirib, uning Javohirga bo‘lgan munosabatiga ishora qildi.

Shaxmat bo‘yicha Qozog‘iston ayollar terma jamoasi yetakchisi Bibisora Assaubayevaning onasi Liana Tanjarikova qizining so‘nggi paytlardagi hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Bibisora o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bilan munosabatlarni boshlaganidan keyin bu o‘zgarishlar yanada yaqqol namoyon bo‘la boshlagan.

Tanjarikova o‘zining Instagram sahifasida Bibisora va Javohir ishtirokidagi videoni e’lon qilib, unga o‘ziga xos izoh qoldirdi.

«U hamma narsani tashlab, uning yonida bo‘lish uchun Jenevaga uchib keldi», — deb yozgan shaxmatchining onasi.

Shuningdek, u qizining hayotidagi o‘zgarishlarni avvalgi va hozirgi holatni taqqoslash orqali ifodalab, bu jarayonga hazilomuz tarzda munosabat bildirgan.

«Ilgari men uning g‘alabalari uchun qayg‘urardim. Endi esa u Jenevada Javohirning g‘alabasi uchun qayg‘uryapti», — deya qayd etgan Liana Tanjarikova.

Ayni vaqtda 20 yoshli o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Shveysariyaning Jeneva shahrida amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi Jahon shaxmat toji uchun bahs olib bormoqda. Ushbu muhim bellashuv shaxmat muxlislari diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Bibisora Assaubayeva esa Javohirni shaxsan qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniyada tashkil etilayotgan nufuzli WR Women's Chess Tour 2026 seriyasining grand-finalida qatnashishdan voz kechgan. Shu tariqa, qozog‘istonlik shaxmatchi o‘zining muhim musobaqalaridan birida ishtirok etish o‘rniga Jenevaga borib, o‘zbekistonlik grossmeysterning yonida bo‘lishni ma’qul ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, WR Women's Chess Tour — ayollar shaxmatini rivojlantirish va uni xalqaro miqyosda yanada ommalashtirishga qaratilgan yangi loyiha hisoblanadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Yil davomida turnirning alohida bosqichlari Tokio, Punta Kana, Maputu va Sen-Trope shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Har bir bosqichda dunyoning yetakchi 8 nafar shaxmatchisi ishtirok etish uchun taklif qilingan. Musobaqalar yakuniga ko‘ra eng yuqori natijani qayd etgan ikki nafardan sportchi Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tkaziladigan hal qiluvchi final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan edi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?