20:10 / 19.04.2017
12 811

Bo‘yni qanday o‘stirish mumkin?

Bo‘yni qanday o‘stirish mumkin?
Balog‘atga etgandan so‘ng bo‘y o‘stirish juda qiyin masala. Faqat o‘smir yoshdagilargina o‘sish zonalari ochiq bo‘lgan paytida 5 yoki 10 santimetrga o‘sishi mumkin.

Lekin gavdani to‘g‘rilash, orqa mushaklarni mustahkamlash va kiyim tanlashda qator qoidalarga amal qilish odamni balandroq qilib ko‘rsatadi.

Odamning bo‘yi va genetika omillari

Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, odamning bo‘yi shakllanishida asosiy rollarni genetik omillar va irq o‘ynaydi. Tashqi omillar (yaxshi ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanish) 15-20 foizgacha natija beradi.

Katta yoshda bo‘yni qanday o‘stirish mumkin?

Katta yoshda bo‘yni 5 sm ga o‘stirish ancha oson. Buning uchun kiyinish uslubini o‘zgartirish va gavda yaxshilanishi uchun muntazam ravishda maxsus jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kifoya.

Bukchayishni bas qiling. Doimiy ravishda o‘tirgan holatda bo‘lish gavdaning buzilishiga va asta-sekin bo‘yning bir necha santimetr pasayishiga olib keladi.

Elkalarni to‘g‘rilang. Elkalarni to‘g‘rilagan holda gavdani tik tutish — balandroq bo‘lishning eng oddiy usuli. Lekin gavdani to‘g‘rilash — murakkab va kompleks davolash bo‘lgani uchun yaxshisi uni shaxsiy trener yordamida o‘tkazish ma’qulroq.
Tana mushaklarini mustahkamlang. Orqa va elka mushaklarini rivojlantirish gavdani to‘g‘ri tutishni yengillashtirish bilan birga qomatni chiroyli qilishga ham yordam beradi.

To‘g‘ri rangda kiyining. Kiyim odamni baland yoki pastroq ko‘rsatishga qodir. Bo‘yni balandroq ko‘rsatuvchi eng yaxshi kombinasiya «och rangli pastki + qoramtir rangli yuqori» tarzda kiyinish hisoblanadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bo‘yni qanday o‘stirish mumkin?