13:31 / 24.04.2017
10 022

Ozishni istaganlar ko‘proq kulishi kerakligi aniqlandi

Ozishni istaganlar ko‘proq kulishi kerakligi aniqlandi
Olimlar o‘z tadqiqotlari natijalariga asoslanib, ajoyib kashfiyot qilishdi - ular ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi kishilarga ozishning inqilobiy usulini taklif qilishdi. Buning uchun organizmni og‘ir jismoniy mashqlar va turli parhezlar bilan qiynashga hojat qolmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, kulgi yordamida qomatni yanada xushbichim qilish mumkin ekan. Bu haqda "Ortodoks" tibbiy portali yozgan ma’lumotga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishning bunday ajoyib usuli AQShdagi Vanderbilt universiteti tadqiqotchilari tomonidan aniqlandi. Ular qanday qilib bunday xulosaga kelishdi? Shunisi qiziqki, dastavval tadqiqotchilar ozishning universal usulini topishni maqsad qilishmagandi. Ular shunchaki kulgining organizmning turli sohalariga ta’sirini o‘rganishdi. Olimlar eng zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida kishilarning tanasidagi barcha jarayonlarni kuzatib, kulgi yog‘larning parchalanishiga olib kelishini aniqlashdi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, odam bir kunda hech bo‘lmaganda 15 daqiqasini kulishga sarflasa, yil davomida uning vazni taxminan 2 kilogrammga kamayar ekan. Tadqiqotchilar 15 daqiqalik kulgu 280 kaloriyani parchalashga turtki berishini ta’kidlashmoqda. Bunday ta’sirning izohi oddiy. Inson kulish davomida o‘zi bilmagan holatda turli mushaklarning ko‘p guruhlarini faollashtiradi.

Shunday ekan, hajviy ko‘rsatuv yoki komediya janridagi filmni tomosha qilishni yengil jismoniy mashqqa qiyoslash mumkin. Inson kulish vaqtida yuzdagi 80 dan ortiq mushakni harakatga keltiradi. Inson shunchaki tabassum qilganida - bu ko‘rsatkich ancha past bo‘lib, atigi 17 mushakni tashkil qiladi.

Kulishni yaxshi ko‘radigan kishilarning boshqalarga nisbatan tezroq vazn tashlashiga yana bir sabab bor - u ham bo‘lsa, "rohatlanish" gormoni. Kulgan insonning kayfiyati ko‘tarilib, u stressga kamroq moyil bo‘ladi. Axir, aynan stress paytida odamlar iste’mol qilayotgan oziq-ovqat hajmini nazoratdan chiqarishadi.

Xulosa shuki, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni istagan har bir inson jismoniy mashqlar va boshqa samarali ozish usullarini muntazam kulgi bilan uyg‘unlashtirishlari kerak. Shunda bu jarayon nafaqat yoqimli, balki tezroq ham kechadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ozishni istaganlar ko‘proq kulishi kerakligi aniqlandi