Lamin Yamal stadionda Inesga turmush qurishni taklif qildimi?

19 yoshli Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionatining eng ko‘p muhokama qilingan yosh futbolchisiga aylandi.
Lamin stadionning o‘zida sevgilisi — 21 yoshli ispaniyalik model va moda olamidagi inflyuenser Ines Garsiya Santosga romantik tarzda turmush qurish taklifini bildirdi. Ines maydonning o‘zida unashtiruv uzugini qabul qildi. Juftlik ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan bo‘lib, o‘z munosabatlarini joriy yilning may oyida rasman tasdiqlagan edi.

Ularning unashtirilgani haqidagi xabar tarqalishi ortidan internetda Lamin va Inesning go‘yoki nikoh marosimidan olingan videolar ham keng tarqaldi. Biroq aksariyat ommaviy axborot vositalari bu tasvirlar sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta videolar ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay, ko‘plab internet foydalanuvchilari ularga ishonib qoldi.

Shuningdek, internetda futbolchining romantik an’analariga mos tarzda sevgilisiga katta lenta bilan bezatilgan avtomobil sovg‘a qilayotgani aks etgan videolar ham paydo bo‘ldi.

Biroq futbolchi sevgilisiga bergan eng katta sovg‘a qimmatbaho buyum emas, balki mashhurlik bo‘ldi. Turnir boshlanishida Inesning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 350 ming nafar kuzatuvchi bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni 3,2 million nafarga yetgan. Eng qizig‘i, bu raqam hanuz o‘sishda davom etmoqda.






























Izohlar 0
…