Eldor Shomurodov: “Yevropaga ko‘proq futbolchilarimiz chiqishi kerak”

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov "Nima gap?" ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, mamlakat futbolining bugungi rivoji va kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbolchi O‘zbekiston futbolining yanada yuksalishi uchun mahalliy futbolchilarning Yevropa klublarida to‘p surishi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
"Futbolchilarimiz qancha ko‘p Yevropa chempionatlariga yo‘l olsa, bu O‘zbekiston futbolining rivojlanishiga shuncha katta hissa qo‘shadi. Xalqaro maydonlarda o‘zini tutish, bosimni his qilish va kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash tajribasi ortadi. Natijada futbolchilarimizning saviyasi ham, terma jamoamizning darajasi ham yuqorilaydi," — dedi Eldor Shomurodov.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…