Lamin Yamalning uchinchi sevgilisi Ines Garsiya bo‘lib chiqdi

Lamin Yamalning uchinchi sevgilisi Ines Garsiya bo‘lib chiqdi

Ispaniyalik futbol yulduzi Lamin Yamalning yangi sevgilisi bilan birga tushgan surat va videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi bu safar 21 yoshli bloger va inflyuenser Ines Garsiya bilan tadbirda ishtirok etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yamal avvalroq Aleks Padilla hamda argentinalik xonanda Nikki Nikol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ayniqsa, Nikki Nikol bilan qisqa davom etgan munosabatlar yakunlangach, ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining o‘yinidagi pasayish aynan shaxsiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida turli taxminlar bildirilgan. Biroq bu da’volar rasman tasdiqlanmagan.

Nicki Nicole va Lamine Yamal o‘z ismlari yozilgan 10-raqamli futbolkalarini ushlab turibdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Yamal va Ines Garsiya 2026 yil boshida ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan. Muxlislar orasida Inesning futbolchining kayfiyati va o‘yin holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqidagi taxminlar ham keng muhokama qilinmoqda. Biroq bu borada Yamal yoki Ines Garsiya tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Lamin Yamal qiz va kubok bilan birga jilmayib turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar