22:30 / 08.05.2017
72 322

Suv haqida ”qiziqarli” faktlar...

Suv haqida ”qiziqarli” faktlar...
1. Suv insonning kisloroddan keyin ikkinchi ehtiyoji hisoblanadi. Odamzod ovqatsiz olti hafta yashashi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq umr ko‘ra olmaydi.
2. Dunyoda eng ko‘p foydali moddalarni o‘zida jamlagan suv bu quduq suvi hisoblanadi. Inson o‘z qo‘li bilan bunday aralashmani tayyorlay olmaydi.
3. Dunyodagi eng qimmat suv Los-Anjelesda sotiladi. Bu suvning 1 litri 90 dollar turadi. Suvni kristallar bilan bezatilgan maxsus idishlarda sotishadi. Yoshlar bu suvni asosan idishiga qiziqib sotib oladi.
4. Odam hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi.
5. Agar kuniga besh stakandan ortiq suv ichsangiz, yurak xuruji xavfi ortga chekina borarkan. Bunday foydali suv esa filtrlangan ichimlik suvi sanaladi.
6. Yugoslaviyada Sirkniskoe degan ko‘l bor. Ko‘l suvi yozdan qishga qadar g‘oyib bo‘ladi. Bahorda esa ichida balig‘i bilan yana paydo bo‘laveradi.
7. Suv tabiatda uch xil ko‘rinishga ega. Ya’ni, qattiq ko‘rinish (muz), Suyuq va gaz ko‘rinishi. Er yuzida ekologik toza suv atigi uch foizni tashkil etadi. U ham ulkan muzliklar tarkibida bo‘ladi.
8. Eng sersuv mahsulot bu tarvuzdir. Tarvuzning 93 foiz qismi suvdan iborat bo‘ladi.
9. Er yuzining taxminan 70 foiz qismi suv bilan qoplangan. Ammo bu suvning 1 foizigina ichish uchun yaroqli.
10. Tabiatda suvning 1330 turi mavjud.
11. Ozish uchun Amerika mutaxassislari suv parhezini mijozlarga tavsiya qilishadi. Agar odam kuniga 2, 5 litrdan suv ichsa, ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Qanday qilib? Masalan, odamning qorni ochganda, organizm miyaga shu haqda signal yuboradi va biz darhol ovqat eyishga tutinamiz. Agar yuqoridagi miqdorda suv ichsak, u ishtahani bo‘g‘adi va shuning natijasida ortiqcha vazn yo‘qola boradi. Lekin buning uchun kofe yoki choy emas, aynan suv ichish lozim.
12. Jazoirda bir ko‘l bor. Shu ko‘lning suviga ruchka yoki qalamni botirib bemalol qog‘ozga yozsa ham bo‘ladi. Bu yozuvni esa keyin hech qachon o‘chirib bo‘lmaydi.
13. Antarktidada ko‘l bor, uning suvi dengiz suviga nisbatan 11 marotaba sho‘rroq. Bu suv 50 daraja sovuqdagina muzlashi mumkin.
14. Odam tanasidagi suv miqdori atigi 2 foizga qisqarsa, aqliy imkoniyatlarimiz 20 foizga qisqarib ketarkan.
15. Tibbiyotchilarning aytishicha, suv qon bosimini tushirishda yordam beradi. Agar oyoqlar, qo‘llar shishib ketsa, ularni yo‘q qilish uchun iloji boricha ko‘proq suv ichish kerak ekan.
16. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, depressiyadan xalos bo‘lish, asabni tinchlantirish uchun bir stakan suv ichish kifoya qilarkan.
17. Yunesko tashkiloti mutaxassislari dunyodagi eng toza suv Finlandiyada ekanini ta’kidlashgan.
18. Dunyo bo‘yicha 1 milliard 100 million odam suv ichish baxtidan mahrum. Shunday ekan, siz-u biz dunyodagi eng baxtli odamlarmiz.
19. Dunyodagi hayot uchun eng xavfli suv Sisiliyada mavjud. Bu suv organizmni zaharlab, o‘limga olib boruvchi kislotaga ega.
20. Bir kub santimetr dengiz suvi tarkibida 1, 5 gramm oqsil va yana ko‘plab vitaminlar bor.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Gullola
Gullola 10 мая 2021 08:21
Menga bu malumot juda yoqdi. Sizlarga katta rahmat.
Yangiliklar » Hayot uchun » Suv haqida ”qiziqarli” faktlar...