22:05 / 10.05.2017
7 414

2017 yil 11 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilyapti?...

2017 yil 11 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilyapti?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
11 may kuni moddiy yo‘qotishlarga duch kelishingiz kutiladi. Albatta, bu holat pul masalasidagi arzimas xatoliklarga yo‘l qo‘ysangizgina kuzatilishi mumkin. Muhim hujjatlar, qimmatbaho qog‘ozlarga imzo chekayotib o‘ta sergak turing. Shaxsiy hayotingizda xotirjamlik hukm suradi. Lekin salomatligingizni alohida e’tibor bilan parvarish qilmasangiz, bo‘lmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun uydagilaringizdan kimdir sizga po‘pisa qilishi, tanqid qilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda yulduzlar sabrli bo‘lishni maslahat berishadi. Duch kelgan odamga kelajak rejalaringizni aytmang, aks holda ularning asosiy qismi amalga oshmay qolishi mumkin. Irimi shunaqa. Uy yumushlarini bajarishda, muammolarni bartaraf etishda yoshi ulug‘, tajribaga boy qarindoshlar maslahatiga quloq tuting.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
11 may kuni ishda ham, muhabbatda ham etakchilik qilishga intilmang. Bu sizga faqat ziyon etkazishi mumkin. Kun davomida tanishlardan biri xorijdan ish taklif qilishi mumkin. Bunday masalalarni moddiy ahvolning qandayligidan kelib chiqib hal etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar rahbar lavozimida ishlasangiz, qo‘l ostingizdagilarga nisbatan mehribon va sabr-bardoshli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar bugun juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar, sovuqchiliklar paydo bo‘lishini xohlamasangiz, yon bering, og‘irroq bo‘ling, turmush o‘rtog‘ingizga ko‘proq e’tibor qarating. Kunning ikkinchi yarmida kimgadir bank orqali pul yuborishingiz mumkin. Hushyorroq bo‘ling. Atrofdagilarning kamchiliklariga iloji boricha ko‘z yuming, bunday kamchilik o‘zingizda ham bo‘lishi muqarrar. Kechqurun toza havoda sayr qiling, sayr davomida sizni yangi tanishuvlar kutadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
11 may kuni anchadan beri yig‘ilib qolgan muammolarni o‘ziga xos usulda hal etishingiz ehtimoli bor. Kayfiyatingiz yaxshiligidan ish joyingizda ham har bir yumushni o‘zgacha ishtiyoq bilan bajarasiz. Oila qurmaganlarning ayrimlari olis safarga chiqishi va u safar davomida bo‘lg‘usi taqdirdoshi bilan tanishishi kutiladi. Kechqurun firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishdan saqlaning. O‘zingizni ehtiyot qiling. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar qanchalar mazali bo‘lmasin, iste’mol qilmang, oshqozonni ishdan chiqarib qo‘yishingiz mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun yulduzlar ishda mavqengiz va lavozimingiz, hurmatingiz, obro‘yingiz oshishini bashorat qilishgan. Bularning barchasi bir kunda sodir bo‘ladiki, hatto o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Kechqurun juftingiz bilan otashin lahzalarni boshdan kechirasiz. Bu kecha bir umr yodingizda qoladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar esa kun davomida issiq havoda kamroq yurishga e’tibor qaratsinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
11 may kuni neki ishni bajarmang, hamkasblar, do‘stlar, tanishlarni yordamga chaqirishga uyalmang. Shunday qilsangiz, ishingizda sifat yanada yuqori bo‘ladi. Bu esa qo‘shimcha moddiy manfaatdorlik deganidir. Pul ham bugun kutilmaganda kelib qo‘lingizga tushadi. Bugun tadbirkorlar uchun kelishuvlar, shartnomalar imzolash muvaffaqiyatli yakun topadi. Sog‘lig‘ingizdan xudo xohlasa 11 may kuni shikoyat qilmaysiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar 11 may kuni shaxsiy hayotga birinchi navbatda e’tibor qaratishingizni maslahat berishmoqda. Munosabatlar yanada yaxshilansa, xotirjamlik bo‘lsa, ish joyingizda ishingiz ham unumli bo‘ladi. Madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli kechadi. Bu tadbirlarda siz hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan qirralaringizni ham namoyish etish imkoniga egasiz. Bugun ko‘proq savob ish qiling va evaziga hech kimdan hech narsa so‘ramang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
11 may kuni o‘qotar burjining ba’zi vakillari ishxonada yangi lavozimga ega bo‘lishlari mumkin. Siz bu kunni anchadan beri kutardingiz, mana, o‘sha kun keldi. Endi kechqurun uyga kelgach, bu yutuqni oilaviy tarzda nishonlasangiz ham yarashadi. Moddiy ahvolingiz badavlat tanishlardan birining ko‘magida yaxshilanadi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling, tashqi xavflardan himoyalang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ruhiy xotirjamlik, ko‘tarinkilikka erishish uchun ruhiyat bilan bog‘liq mashqlarni bajarishingiz lozim bo‘ladi. Agar olisda yashovchi qarindoshlaringiz orasida yoshi ulug‘i bo‘lsa, erinmasdan borib holidan xabardor bo‘ling, duolarini oling. Pul masalasida iqtisod, tejamkorlikka amal qilishingiz kerak bo‘ladi. Har qanday hajmdagi xaridlarni boshqa kunga qoldiring. Chunki moliyaviy ahvolingiz yaqin kunlarda yaxshilanadiganga o‘xshamaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
11 may siz uchun to‘siqlar, muammolar, xafagarchiliklar kuni bo‘ladi shekilli. Ammo bundan fojia yasash ham shart emas. Ularni qarindoshlar, yaqin insonlar ko‘magida chetlab o‘tsangiz ham bo‘ladi. Bunga sizda imkoniyat etarli. Salomatlikni tashqi xavflardan himoya qiling, asabni asrang, sevgilingiz, juftingizning ko‘nglini olishga harakat qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun baliq burjining tijorat bilan shug‘ullanadigan vakillariga xudo qo‘shqo‘llab beradi. Daromad o‘z yo‘liga, yangi sheriklar, mijozlar topasiz. Xaridorgir mol sotadiganlar ulgurji oladigan mijozlar topishi ham haqiqatga yaqin. 11 may kuni olis safar va sayohatdan voz keching. Ularni boshqa kunga qoldiring. Kechqurun yolg‘iz qolib kelajak rejalar haqida bosh qotiring, dam oling, istirohat qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yil 11 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilyapti?...