QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
13 may kuni uzoq-yaqinda yashaydigan qarindoshlardan xabar olishingiz kerak bo‘ladi. Kerak bo‘lsa, pul-muldan yordam qilib yuborsangiz ham savobga qolasiz. Agar kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, ularni ham albatta bugun uzishingiz kerak. Bugun sportning faollik talab qiladigan turlari bilan shug‘ullanmang. Faqat nafas mashqlari bilan cheklaning. Salomatlikni ovqatlanish masalasida ham me’yorlarga amal qilgan holda ehtiyotlang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun ish sur’atini sal sekinlashtiring, faollik sizga ziyon etkazib qo‘yishi mumkin. Bu asosan salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi kutiladi. Ish joyingizda o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘p xodimlarning maslahatlariga albatta quloq tuting. Muhabbatda bugun sizni ajoyib muvaffaqiyat va yorqin lahzalar kutib qoladi. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
13 may kuni ish joyingizda hamkasblar ko‘mak taklif etishsa, bosh tortmang. Bugun sizga har bir yumushni ado etishda jamoaviylik yordam berishi mumkin. Agar yolg‘iz o‘zingiz shu ishni amalga oshirishga bel bog‘lasangiz, yutqazasiz. Oila qurmaganlar 13 may kuni his-tuyg‘ularni jilovlagan holda, aql bilan ish ko‘rishlari kerak bo‘ladi. Yo‘qsa, tanlaganingizni yo‘qotib qo‘yishingiz ham hech gap emas.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugungi kuningiz moddiy rag‘batlarni qabul qilishdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Biriinchidan, ish joyingizda o‘tgan galgi bajargan ishingiz uchun mukofot olsangiz, bundan tashqari ham yo‘l-yo‘lakay kimlarningdir ishini bajarib berib moddiy manfaat ko‘rishingiz mumkin. Bugun tabiat qo‘ynida dam olib qaytish, yo‘l qo‘ygan gunohlar uchun astoydil tavba qilish juda foydali va unumli kechadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
13 may kuni arslon burjida tug‘ilganlarning ba’zilari ijodiy mashg‘ulotlar, sevimli xobbilarga mukkasidan ketishi kutiladi. Agar sevimli xobbingiz moddiy manfaat keltiradigan bo‘lsa, tez-tez mukkangizdan ketib turavering. Muhabbatda esa juftingizga qattiq ishonishingiz zarur. Ishonchgina sevgi qasrini bunyod eta oladi. Qolaversa, juftingizning sadoqatiga qancha ko‘p ishona borsangiz, iymon ham xudoning qudrati bilan oshib borarkan, ro‘zg‘or barakali bo‘lib boraverarkan.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugungi kuningiz juda faol kechadi. Shu qadar faolki, ehtiyotkorlik va sergaklikka alohida e’tibor bilan ish ko‘ring. Yaqin do‘stlardan biri kun davomida sizni bo‘lmag‘ur ishlarga boshlashi mumkin. Yodda tuting, buning oxiri voy. Aldovlar, firiblarga umuman yon bermang. Shaxsiy hayotingizda xotirjamlik hukm suradi. Kechqurunga borib moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi ham ehtimoldan xoli emas.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
13 may ojiz jihatlaringizni tan olib xomcho‘t qiladigan kun. Qolaversa, siz yaqin insonlarga nimalarnidir va’da qilgan bo‘lishingiz mumkin. O‘sha va’dalarni bajarib qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, bugun salomatligingizni jiddiyroq nazorat qiling. Tabibga zinhor bormang, zarurat tug‘ilsa, faqat vrachga murojaat eting. Kechqurun shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq yoqimli xabar eshitishingiz mumkin.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun qarama-qarshi jins vakillarining o‘zingiz uchun begona sanalganlariga qaramaslikni maslahat berishmoqda. Bu jiddiy ko‘ngilsizliklarga yo‘liqtirishi mumkin. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, jarohat olishdan saqlaning. Bugun olis safarga chiqish, uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Ammo safarga juftingiz bilan borsangizgina ko‘zlangan natijaga erishasiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
13 may kuni kompyuter bilan bog‘liq kasb egalari bir qator omadli lahzalarni boshdan kechirishlari kutiladi. Uydagilar bilan janjallashmaslikka harakat qiling. Salomatlikni asrashga, parhez taomlar iste’mol qilishga intiling. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz yanada yaxshilanishi kutilmoqda. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazsangiz, ertangi kuningiz yanada unumli kechadi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Tadbirkorlar 13 may kuni olis safarga otlanishlari mumkin. Bu safar bahonasida siz yangi xorijiy hamkorlar, sheriklar topasiz. Pulingizga pul qo‘shiladi. Kunning ikkinchi yarmida firibgar, yolg‘onchi va ikkiyuzlamachilar bilan muloqot qilishdan saqlaning. Chuv tushib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun esa uyingizga kutilgan mehmon tashrif buyurishi kutiladi. Bu voqea kayfiyatingizni ko‘tarib, ertangi kun uchun qo‘shimcha kuch yig‘ishingizda katta yordam berishi ehtimoldan xoli emas.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ishda original usullar yordamida yumushlarni ado etishga urinib ko‘ring. Agar uddasidan chiqa bilsangiz, obro‘ ham, moddiy manfaatdorlik ham sizniki bo‘lardi. Muhabbatda kimgadir nimanidir isbotlashga urinmang. Jiddiylikka e’tibor qarating, shuning o‘zi juftingiz uchun etarli bo‘ladi. Kechqurun juftingiz bilan albatta toza havoda sayr qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
13 may kuni asosiy vaqtingizni do‘stlar davrasida yoki tabiat qo‘ynida kechirsangiz, sira afsuslanmaysiz. Vujud, organizm dam oladi, yangilanadi. Do‘stlardan yangi gaplar eshitib miriqasiz, hazil-huzulga o‘rin bo‘ladi. Ammo pul masalasida kechqurun biroz asabiylashishiingiz mumkin. Lekin bu muammo ham baribir o‘z echimini topadi. Juftingizga mehribon bo‘ling, mehr ko‘rsating.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi mumkin
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?