Bill Geyts – zamonamizning eng badavlat odamlaridan biri. Uning moliyaviy holati 2016 yilning avgust oyiga ko‘ra, 90 milliard AQSh dollariga baholangan.
Bill bu pullarni aqli va ishbilarmonligi bilan ishlab topgan. Shu bois biz sizlarga Bill Geytsning o‘z blogida yozib qoldirgan maslahatlariga quloq solishni tavsiya etamiz.
1. Hayot beshavqat – bu haqiqatga ko‘nikish zarur.
2. Dunyoning sen bilan ishi yo‘q. Dunyo faqat muvaffaqiyatga erishishingni kutadi, qadr-qimmatingni ko‘z-ko‘z qilishingni emas.
3. Maktabni tamomlashing bilan yiliga 40 ming dollar maosh olib keladigan ishni topish dargumon. Shaxsiy limuziniga ega kompaniya rahbari bo‘lish uchun shunga yarasha harakat qilish zarur.
4. Agar o‘qituvchingni qattiqqo‘l va talabchan deb o‘ylasang, rahbaring bilan yaqindan tanishishni ortga sur. Rahbarning muvaffaqiyati sen ishingni qanday bajarayotganingga bog‘liq.
5. “Makdonalds”da burgerlarni tayyorlashing – obro‘ingga putur etkazmaydi. Ajdodlaring bu ishni “yaxshi imkoniyat” deb hisoblashardi.
6. Har bir muvaffaqiyatsizlikda ota-onang yoki boshqalarni ayblayverma. Xatolaring ustida yig‘lab o‘tirma, ulardan xulosa chiqar.
7. Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.
8. Ba’zi maktablarda salbiy baholash tizimi bekor qilindi, imtihonni topshirish uchun istagancha urinish mumkin. Ammo hayotda bu holatning aksi senda uchrasa bundan o‘pkalama.
9. Hayot choraklardan iborat emas, unda ta’til, sen bilan alohida ishlaydigan muallim yoki rahbar bo‘lmaydi. Vazifalarni shaxsan o‘z kuching bilan va o‘z vaqtida bajarishing shart.
10. Hayotingni televidenie orqali ko‘rsatilayotgan hayot bilan adashtirma. Real hayotda inson umrining ko‘p qismini qahvaxonalarda emas, ish joyida o‘tkazadi.
11. “Ko‘zoynakli botanik”lar bilan yaxshi munosabatda bo‘lgin. Ulardan biri kelajakda senga rahbar bo‘lishi hech gap emas.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi