O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha Qaror qabul qildi, deb yozadi Hordiq.uz nashri.
1.O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2017 yil (hijriy 1438 yil) uchun Zakot nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 185 000 (bir yuz sakson besh ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 15 725 000 (o‘n besh million etti yuz yigirma besh ming) so‘m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya’ni 393 125 (uch yuz to‘qson uch ming bir yuz yigirma besh) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi miqdor ma’qullansin!
2. Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin! (Masalan 2017 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 3.000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 6.000 so‘m bo‘ladi).
3. Bu yilgi Fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12.000 (o‘n ikki ming) so‘m deb belgilansin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
ulamolar kengashi raisi, muftiy
Usmonxon Alimov “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi