Sauthempton universiteti olimlari qahvani ko‘p ichish foydasini aniqlashdi. Ularning ta’kidlashlaricha, qahvani ko‘p iste’mol qilish jigar saratonining oldini olishi mumkin ekan. Bu haqda Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Mutaxassislar 2,25 mln kishining salomatligiga doir holati o‘rganilgan ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ishtirokchilar bir kunda 1 piyoladan 5 piyolagacha qahva ichadiganlar guruhlariga taqsimlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bir kunda bir piyola qahva ichish gepatosellyulyar karsinoma ehtimolini 20 foizga kamaytirar ekan. 2 tasi 35 foizga kamaytirsa, 5 piyola qahva bu raqamni 2 karra pasaytiradi. Shuningdek, kofeinsiz qahva ham foydali ta’sir ko‘rsatsa-da, kamroq darajada bo‘lishi ta’kidlandi.
Tadqiqotchilarning fikricha, ichimlikdagi moddalar shamollash, saratonga qarshi antioksidantlik va boshqa xususiyatlarga egadir. Boshqa mutaxassislar esa, qahvani jon-dilidan yaxshi ko‘ruvchilar jigar sirroziga kamroq uchrashini isbotlashgan edi.
Shu bilan birga, olimlar, barchani birdek qahvani ko‘plab ichishga chaqirmaydi. Chunki, dastlab, ularning aytishicha, qahvani ko‘p ichishdan kelib chiqadigan zararlarni aniqlab olish kerak. Masalan, homilador ayollar bu ichimlikni ichmasligi maqsadga muvofiqligi ma’lum va mashhur. Ammo, 2030 yilga kelib 1,2 mlndan ortiq inson jigar saratonidan aziyat chekishi taxmin qilinayotgani e’tiborga olinsa, tadqiqot natijasi foydadan xoli emas, albatta. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi