QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yozning birinchi kuni bo‘lishiga qaramay, negadir uydagi, ishdagi, va nihoyat qalbingizdagi harorat juda past darajani ko‘rsatishi kutiladi. Maqsadlarga erishishingiz yo‘lida jiddiy to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Buni o‘zingizga dushman kabi munosabat yurituvchi odam o‘ylab topadi. Odamlar bilan muloqotda juda ziyrak turing, aks holda firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolishingiz mumkin. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
1 iyun kuni texnik jabhadagi hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni namoyish etasiz. Bugun sodir bo‘ladigan hodisalar, yuzaga keladigan tushunarsiz vaziyatlar yaqin kelajagingizga ta’sir etib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun sergaklikni qo‘ldan bermang. Moliyaviy masalada jiddiy xavfdan ehtiyot bo‘ling. Ehtiyot bo‘lmasangiz, pul o‘g‘irlatishingiz turgan gap. Olis safarni boshqa kunga qoldiring.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun o‘ta faollikda harakatlar sodir etmasligingizni maslahat berishmoqda. Buning oqibatida jamiyatdagi obro‘yingizga putur etishi mumkin. Tabiatan xayolparastligingiz esa sizni noqulay vaziyatlardan olib chiqadi. Elektr quvvatiga ishlaydigan uskunalardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘ling. Sog‘liq tuman boyligingiz ekanini ham unutib qo‘ymang. Meva iste’mol qilsangiz ham avval yaxshilab toza suvda chaying, zaharlanishingiz hech gap emas.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
1 iyun kuni har kimga ham ishonib, qalbingizni ochavermang. O‘ng ko‘z chap ko‘zga oshno bo‘lmaydi. Undan ko‘ra ro‘zg‘orni butlash, yuzaga kelayotgan muammolarni yo‘l-yo‘lakay bartaraf etish payida bo‘ling. Shundan foyda. O‘zingizni haddan ziyod erga ham urmang. Kechqurun bir inson bilan tasodifan uchrashib qolasizki, moliyaviy ahvolingizni yaxshilash va mavqeingizni mustahkamlash shu odamga bog‘liq bo‘lib qoladi. Sog‘liqni ehtiyotlang, duch kelgan taomni eb ketavermang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar ish boshlashdan burun kuchingizni aniq xomcho‘t qilib olishingizni tayinlashmoqda. Jismoniy zo‘riqish bugun sizga jiddiy zarar etkazishi mumkin. Tadbirkorlar bugun xorijiy firmalardan biri bilan foydali kelishuvga erishishlari kutiladi. Ba’zilarga esa ijodiy yondashiladigan yangi ish taklif etishadi. Muhabbatda omadingiz chopmaydi. Yaxshisi, real hayotga munosabatingizni yana bir bor nazoratdan o‘tkazib oling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
1 iyun kuni ish bajarishda o‘zgalar ko‘magiga tayansangizgina muvaffaqiyat qozonishingiz mumkin. Shunday ekan, o‘z kuchingiz yordamida tog‘ni tolqon qilishga urinmang Ayrimlar kun davomida yangi loyihani hayotga tadbiq etish harakatida bo‘lishadi. Baxtga qarshi salomatligingiz havas qiladigan darajada bo‘lmaydi. Zudlik bilan oldini olishingiz kerak. Ayniqsa, surunkali xastalikka yo‘liqqanlar bir soniya ham sog‘liqni nazardan chetda qoldirmasliklari kerak.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun dangasalik qilmaslikni, ishga jiddiy yondoshishni tavsiya qilishmoqda. Biling, bugungi kun ko‘plab muammolaringizga echim topib berishi mumkin. Agar shaxsiy hayotingizda xotirjamlik hukm surayotgan bo‘lsa, ortiqcha gap-so‘z ko‘paytirib, uydagilar tinchini buzish shart emas. Ayniqsa, juftingizni rashk qilishingiz hayotingizni zaharga aylantirishi hech gap emas. Kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishingiz kutiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
1 iyun kuni bir necha kundan beri inqiroz botqog‘ida yotgan moliyaviy ahvolingizni yaxshilash, uni chiqarib olish uchun ancha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. O‘zingiz tanimaydiganlar bilan muloqotga kirishmang. Oqibati g‘iybat, janjal va ko‘ngilsizliklar bilan yakunlanishi mumkin. Duch kelgan odamning muammosini hal etish payiga tushmang, o‘zingiz og‘ir vaziyatda qolishingiz ehtimoli bor. Salomatlikni nazoratda ushlagan holda ba’zi og‘riq va yoqimsiz holatlarga vrach ko‘magida barham bering.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ilojini topsangiz, uy yumushlarini ado etish, xonalarni didingizga mos qilib bezatish bilan shug‘ullaning. Xaridlarni amalga oshirish zarur bo‘lsa, buni ham chetda qoldirmang. Kunning ikkinchi yarmida sizni favqulodda xizmat safariga yuborishlari mumkin. Moddiy ahvolingiz a’lo darajada bo‘ladi. Ammo kechga yaqin o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz ehtimoli bor. Darhol vrachga murojaat eting, o‘zingizga o‘zingiz tabiblik qilmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
1 iyun kuni ish rejimiga moslashib ketishingiz juda qiyin kechishi kutiladi. Shaxsiy hayotda o‘ta sabrlilik talab qilinadi. Har bir vaziyatga o‘zingizdan kelib chiqib baho bermang. Bu oiladagi muhitni yanada yomonlashtiradi. Ish joyingizda tushdan keyin hamkasblarning biri bilan bahslashib qolishingiz mumkin. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Uyquga yotishdan oldin toza havoda sayr qilishni unutmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Agar kelgusidagi obro‘yingiz, mavqeingiz shu narsa bilan bog‘liq bo‘lsa, ish joyingizda har bir hamkasbga o‘zgacha hurmat, e’tibor ko‘rsatishni boshlayvering. Ko‘ribsizki, tez orada yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘ladi. Muhabbatda faqat reallikka e’tibor qarating. Kechqurun vaqtingizni rosmana dam olish yoki sportning yengil turlari bilan shug‘ullanishga ajrating. Kechqurun kimdir ortingizdan g‘iybat tarqatayotganini tasodifan eshitib qolishingiz kutiladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
1 iyun kuni shaxsiy hayotingiz masalasida jiddiy va qat’iy qaror qabul qilishingiz kerak. Asosiysi, hech bir ishda o‘zgalardan yordam so‘ramang. Hammasini o‘z kuch va imkoniyatlaringizga tayangan holda amalga oshiring. Agar kunning ikkinchi yarmida sizdan qarz olganlar qarzini qaytarsa, shu bahonadagina moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi mumkin. Olis safarni rejalashtirgan bo‘lsangiz, adashmagansiz, bu safar sizga har jihatdan xayrli kechadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi