21:52 / 04.06.2017
7 262

​Yoz quyoshidan terini qanday muhofaza qilish mumkin?

​Yoz quyoshidan terini qanday muhofaza qilish mumkin?
— Quyoshning tafti suyaklarga quvvat, - deydilar onam. Haqiqatan ham quyosh suyaklarga quvvatdir, ammo yuz terisi oftob nurlari ostida quruqshab, tortishib qolgandek bo‘laveradi. Natijada ko‘z atrofidagi ajinlar ko‘payib borayotgandek… Yoz quyoshidan terini qanday muhofaza qilish mumkin?

1-qoida: to‘g‘ri tozalash

Terini tozalovchi vositalarning iloji boricha yengilini tanlang. Yuzingiz terisi nozik bo‘lsa kosmetik ko‘pik (penka) va tonikning spirtsiz, giyohlar asosida tayyorlanganini ishlating. Qo‘lingiz bilan yuzingizga iloji boricha tegmang. Chunki yoz kunlarida qo‘lga ko‘p kir va chang qunadi. Bu esa teriga infeksiya tushirishi mumkin.

2-qoida: muhofaza qiling

Kremlaringiz tarkibini ko‘zdan kechiring. Hozirgi kremlar quyosh nurlaridan asrovchi ta’sirga ham ega. Agar bunday kremingiz bo‘lmasa, albatta uni yaqin kunlarda xarid qiling, quyosh nurlarining kuchli ta’siri terining tez qarishiga olib keladi. Shuningdek, quyosh nurlaridan asrovchi ko‘zoynak taqishni ham kanda qilmang.

3-qoida: namlantiring

Hozirda go‘zallik vositalari ichida tanaga sepiladigan maxsus sprey ham xarid qilish mumkin. Faqat uning o‘rnini do‘kondagi oddiy mineral suv ham bosish mumkin. Keraksiz atir idishiga mineral suv to‘ldirib, teri quruqlashganda teriga purkab turing. Bu pardozingizni buzmaydi, teringizni esa namlantiradi. Yoki namlangan dastro‘molcha bilan terini yengil artish ham mumkin.

Shuningdek, issiq kunlarda ko‘k choy yoki giyohli damlama yoki oddiy mineral suvni muzlatib qo‘ying va muz bo‘lakchalari bilan ertalab va kechqurun terini yengil uqalang.

4-qoida: yengillating

Siz ishlatayotgan pardoz vositalari hamma yozgi narsalar kabi iloji boricha yengil bo‘lsin. Kamroq tonal krem, yengil, sochiluvchan upa ishlating. Labingizga pomada o‘rniga «blesk» surting.

5-qoida: foydalaning

Yoz nafaqat quyosh nuriga, balki meva-chevalarga ham boy.

Qovoqcha (kabachki)terini namlantiradi: 1 dona kabachkini qirg‘ichdan o‘tkazib, dokaga bir tekisda qo‘yib, so‘ngra bu dokani yuz terisiga yoping. 15-20 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuving.

O‘rik terini tinchlantiradi, rangini yaxshilaydi: 1 dona o‘rikni sanchqi bilan ezing va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Teriga surtib, 15 daqiqadan so‘ngra iliq suv bilan yuving.

Bodring terini yoshartiradi: yarimta bodringni qirg‘ichdan chiqaring va uni 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. 10 daqiqaga yuzingizga surtib, so‘ngra iliq suv bilan chaying.

6-qoida: mutaxassis bilan maslahatlashing

Yoz oylarida piling va shunga o‘xshash muolajalarni qilish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, yuzni tozalashda ham ehtiyot bo‘lish zarur. Yoz oylarida terining ko‘p qismi ochilganligi sababli, ko‘pchilik teridagi nuqsonlarni aynan mana shu vaqtda bartaraf qilishga kirishadi. Masalan, teridagi holni olib tashlash, dog‘larni tozalash. Ammo yodingizda bo‘lsin, bu kabi muolajalar yoz kunlarida teri uchun yoqimsiz bo‘lib, quyosh nurlari ostida muammo yanada chuqurlashib ketishiga olib keladi. Shu sababli piling, hollarni oldirish kabi muolajalarni salqin mavsumlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Teri bilan bog‘liq barcha muolajalarni mutaxassis bilan maslahatlashib qilgan ma’qul.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » ​Yoz quyoshidan terini qanday muhofaza qilish mumkin?