Erkakning bezagi – odob deydilar. Biz nafaqat bilimimiz yoki kiygan kiyimlarimiz bilan balki odob va axloqimiz bilan ham boshqalarda ijobiy yo salbiy taassurot qoldiramiz.
Bu galgi maqolada Sof.uz sayti hamma erkaklar bilishi kerak bo‘lgan quyidagi 10 odob-axloq qoidalarini bir joyga jamlab e’tiboringizga havola etdi.
1. Salomlashish odobi
- Salom to‘liq, so‘zlarini buzmay, odob bilan «Assalomu alaykum» deya beriladi. «Salom», «somalaykum», «salom berdik», «privet», «xayrli kun» kabi salomlashish odobdan emas;
- Yoshi katta kishi o‘zi qo‘lini cho‘zsagina qo‘l berib yengil tabassum bilan ko‘zlariga qarab so‘rashing;
- Ulov (ot, mashina kabilar) dagi kishi – piyodaga, piyoda ketayotgan odam – o‘tirganga, ozchilik – ko‘pchilikka, kichiklar – kattalarga, yuqori mavqedagi kishi pastroq mavqedagi odamga birinchi salom beriladi;
- Namoz o‘qiyotgan, qiroat qilayotgan, hammomda yuvinayotgan kishiga, xojatxonada o‘tirgan kishiga, uxlayotganga, og‘zida taomi bor kishiga va nomahram ayollarga salom berilmaydi.
2. Ovqatlanish odobi
- Restoranda yoki jamoat bo‘lib ovqatlanadigan joylarda (ayniqsa, rasmiy o‘tirishlarda) albatta stolingizda ayol kishi birinchi o‘tirishiga e’tibor bering. Bunday holatlarda doim tashabbuskorlikni o‘z qo‘lingizga oling va ayol kishiga tezkor ravishda stulni surib, o‘tirishni taklif qiling, undan keyin o‘zingiz o‘tirishingiz mumkin.
- Agar ayol kishi o‘rnidan turadigan bo‘lsa, tezda siz ham o‘rningizdan turing, bu bilan siz hurmat bajo keltirgan bo‘lasiz.
- Ovqatlanayotganda (uyda yoki restoranda) tirsagingizni stol ustiga qo‘ymang. Qachonki, stol ustida ovqat qo‘yilmaganda, oraliqdagi tanaffuslarda yoki umuman norasmiy atmosferada tirsagingizni qo‘yishingiz mumkin.
- Agar taom issiq bo‘lsa, puflab sovutilmaydi. Og‘izni katta ochib ovqatlanilmaydi. Taom eyilayotgan qo‘l kosa yoki tovoqqa, dasturxonga silkitilmaydi.
- Ovqatingizdagi katta luqmalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib eng. Salfetka yoki ro‘molchadan tez-tez foydalanib, qo‘lingiz va og‘zingizni tozalab turing. Og‘izni qo‘l bilan artib bo‘lmaydi va og‘izda luqma bo‘lganda gapirish beadablik. Atrofda hamma qo‘l bilan ovqat eyayotganda siz qoshiq va vilka bilan ovqatlanishingiz odobsizlik sanalmaydi. Stol ustiga aslo telefoningizni qo‘ymang.
- Ovqatlanayotganda va jamoat joylarida har qanday holatda saqich chaynash odobsizlik hisoblanadi.
3. Kiyinish odobi
- Hech qachon bino ichiga bosh kiyimingiz bilan kirmang. Faqatgina istisno joylar – jamoat joylari, ya’ni poezd, avtobus va metro bekatlari, pavil’onlar, lobbi va yo‘laklarda, diniy va madaniy sabablarga ko‘ra bosh kiyimingizni echmasligingiz mumkin.
- Suratga tushayotganingizda, uyga kirayotganingizda, davlat gimni yangrayotganda hamda ayollar yonida bo‘lganingizda albatta bosh kiyimingizni eching.
- Bayramlar, tadbirlar va yig‘ilishlarga, ishga har kunlik va dam olish joylariga alohida kiyim kiying. O‘zingiz bilmagan joylarga borganda ham iloji boricha rasmiy kiyinib boring.
4. Gullar.
- Ayollarga gul sovg‘a qilayotganda ham ayrim etiketga e’tibor berish kerak. Agar siz gul sovg‘a qilayotgan inson sizning unga qiziqishingiz, yoki uni sevishingizni bildirishni xohlamasangiz, ularga aslo qizil yoki pushti atirgul sovg‘a qila ko‘rmang. Umuman olganda, atirgul – sevgi, yoqtirish va «yuksak hurmat» belgisi hisoblanadi. Masalan, atirgul bilan 8-mart bayramida onangizni tabriklashingiz ham mumkin.
- Ayollarga gul sovg‘a qilayotganda ham ayrim etiketga e’tibor berish kerak. Agar siz gul sovg‘a qilayotgan inson sizning unga qiziqishingiz, yoki uni sevishingizni bildirishni xohlamasangiz, ularga aslo qizil yoki pushti atirgul sovg‘a qila ko‘rmang. Umuman olganda, atirgul – sevgi, yoqtirish va «yuksak hurmat» belgisi hisoblanadi. Masalan, atirgul bilan 8-mart bayramida onangizni tabriklashingiz ham mumkin.
- Yoqtirishingizni, sevishingiz yoki boshqa maqsadlaringizni bildirmasdan, ayollarni tug‘ilgan kunlari, o‘qishni tugatgani yoki kar’’eradagi o‘sishi bilan gul sovg‘a qilmoqchi bo‘lsangiz, iloji boricha turli xil navdagi gullarni tanlaganingiz maqbul, masalan, liliya, margaritka, xrizantema va boshqa gullar.
5. Shaxsiy buyumlar.
- Erkak kishi boshqa kishining shaxsiy narsalariga, ayniqsa ayollarning narsalariga aslo tegishi yoki joyidan siljitishi mumkin emas. Masalan, begona ayolning sumkasi sizga halaqit berib turgan bo‘lsada, uni surib qo‘yishingiz yoki joyidan olib qo‘yishingiz mumkin emas. Yana boshqa kishilarning kiyimiga, telefon qurilmasiga yoki boshqa shaxsiy buyumlariga tegmaslik kerak.
- Istisno holatlarda, ya’ni, yo‘qolgan sumka yoki buyumni egasiga qaytarishda mumkin. Lekin boshqa har qanday holatda qo‘lingizni aslo tekkizmaslik odobdan.
6. Soch-soqol olish.
- Erkaklar odatda soqol olishni yoqtirishmaydilar. Lekin to‘y, rasmiy yig‘ilishlar, ish bo‘yicha uchrashuvlar, ishga qabul qilish uchun suhbat va boshqa shunga o‘xshash tadbirlarga albatta soqolingizni olib yoki tekislatib borishingiz kerak. Notanish joyga borayotganda ham tavakkal qilmasdan soch-soqolga e’tibor berib borish kerak.
7. Yo‘talish va aksirish.
- Doim og‘zimizni berkitib aksirish kerak. Agar qo‘lingizda ro‘molcha yoki salfetka bo‘lsa, ular bilan og‘zingizni yopib yo‘taling yoki aksirib, keyin tezda ro‘molchani bekiting.
8. Taklif.
- Ikki holatda sizga bildirilgan taklifni aslo rad etishingizga haqqingiz yo‘q. Biri janozaga chaqirishganda, ikkinchisi, sizni deb uyushtiriladigan banket yoki tushlikka taklif qilishganda rad javobini berishingiz mumkin emas.
9. Uyali aloqa vositasini tutish odobi.
- Uyali aloqa vositasi o‘zgaga tegishli bo‘lsa, uning ruxsatisiz olish, undan birovga qo‘ng‘iroq qilish, uning ichidagi narsalarni ochib ko‘rish mutlaqo mumkin emas.
- Jamoat yig‘inlari – majlislar, yig‘ilishlar va uchrashuvlarda telefoningizni qo‘lingizda ochib o‘ynab o‘tirishingiz, birovga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki qo‘ng‘iroqqa javob qaytarishingiz mumkin emas. Uyali aloqa vositangizni ovozini o‘chirib qo‘yishingiz kerak.
- Bir marta qo‘ng‘iroq qilganda javob berilmasa, oradan biroz muddat o‘tkazmay turib, qo‘ng‘iroqni qaytarish beodoblikdir. Uch marta qo‘ng‘iroq qilingandan keyin ham javob bo‘lmasa, qo‘ng‘iroq qilishni to‘xtatish lozim.
- Qo‘ng‘irog‘ingizga javob qaytargan kishiga birinchi bo‘lib salom bering. Iloji boricha telefonda suhbatlashayotganda ovozni keragidan ortiq ko‘tarmaslik kerak hamda suhbatni imkon qadar tezroq tamomlashga harakat qilish lozim.
10. Suhbatlashish odobi.
- Suhbatlashayotganingizda telefoningiz bilan ovora bo‘lishingiz, qo‘ng‘iroq qilish va qabul qilish, soatingizga qarashingiz odobsizlikdan. Suhbatdoshingizdan zerikkaningizni aslo bildirmang.
Albatta erkaklar bilishi kerak bo‘lgan odob-axloq qoidalari yuqorida sanab o‘tgan 10 ta qoida bilan cheklanib qolmaydi. Siz yana qaysi odob-axloq qoidalarini erkaklar bilishi zarur deb hisoblaysiz? “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin