8 854
Hurmatli er! Cening tor fe’lingga sabr qilib yashayotgan ayoling haqida nimalarni bilasan?
Sizga qaysidir ishi yoqmay, ko‘nglingizni ranjiyotgan ayol, sizning bir qancha “ajoyib fazilatlaringiz”ga SABR qilib kelayotgandi!
Siz uni arzimagan xatosi sabab, asta-sekin YoMON ko‘ra boshlagan ayol, joningizdanda ortiq yaxshi ko‘radigan o‘g‘il-qizlaringizning ONASI!
Sizga yomonligi bo‘lmagan, siz yomon ko‘radigan ota-onaning jigarbandi sizning ota-onangiz atrofida GIR AYLANIB, parvona bo‘lgan ham o‘sha AYoL!
Siz ko‘chada hayoni oyoq ostiga tashlab, milliyligimizni unutib Evropaga taqlid qilib kiyingan ayollardan ko‘z UZOLMAY qolganingizda, IFFAT va IYMONINI saqlab, sizning sha’ningizga gard yuqtirmaydigan ham o‘sha sizning AYoLingiz!
Siz ko‘chada ba’zi bolalarning bilib yoki bilmay qilgan odobsizligidan ranjib, o‘zingizga-o‘zingiz g‘uldirab gapirganingizda, uyda shirindan-shakar farzandlaringizni o‘zligimizning asl milliy odob-axloq bulog‘idan sug‘organ xam o‘sha MUNIS AYoL!
Siz uning nimani yaxshi ko‘rishini o‘ylab ham ko‘rmaganingizda, sizning yaxshi ko‘radigan narsalaringizning ro‘yxatini «YoDDAN» sanab beradigan xam o‘sha!
Siz ko‘chada o‘zingizni o‘ylab oshna-og‘aynilar bilan choyxonada palovxo‘rlik qilib o‘tirganingizda, sizni uyda KUTIB, nimalarni yaxshi ko‘rishingizga qarab TAOM tayyorlagan xam o‘sha!
Siz ro‘zg‘orning kami haqida o‘ylashga vaqt topa olmaganingizda, maoshingizni bir oydan ikkinchisiga TEJAB etkazadigan xam o‘sha ayol!
Siz ko‘cha va ishxonaning tashvishidan charchab, uyga kelganingizda uni sizga rohat maskaniga aylantirgan ham o‘sha ayol!
Siz tirikchilik ilinjida uyingizni tark etganingizda, uyingiz va hurmat-e’tiboringizni, molu-davlatingizni SAQLAGAN ham o‘sha ayol!
Sizning ko‘chada er bo‘lib, ko‘krak kerib yurishingiz sababi ham o‘sha ayol!
Sizga Allohning rahmati va marhamati yog‘ilsin, ey MUNIS AYoLLAR!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?